O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Fuqarolarimiz soliqdan qochishi emas, uni vaqtida



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Fuqarolarimiz soliqdan qochishi emas, uni vaqtida
to‘lashdan m anfaatdor bo‘lishi kerak»1, 
- deb ta’kidlab, soliqlarni mamlakat
1 M irziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulu g‘, hayoti yorug4 va kelajagi farovon bo‘ladi. (kirill
alifbosida). T. * 0 ‘zbekiston*, 2019. 3-tom , 18—19-betlar.
378


iqtisodini yuksaltirishdagi roli haqida, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish 
haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
4-§. 0 ‘zbekiston Respublikasining bank tizimi
Bank tizimi 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan 
biri hisoblanadi.
Bank tizimining yuqori, ya’ni birinchi pog‘onasi 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki bo‘lib, u bank tizimiga rahbarlik qiladi, bank sohasidagi 
qoidalarni o‘rnatadi, tijorat banklarini nazorat qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining davlat organi sifatidagi 
huquqiy maqomi, avvalo, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan. 
Konstitutsiyaning 124-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasining bank tizimini 
respublika Markaziy banki boshqaradi», - deyilgan.
Davlat organi sifatida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlari 
doirasida 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar tomonidan ijro etilishi 
majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qiladi. Markaziy bank to‘g ‘risidagi 
Qonunning 7-moddasiga binoan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
me’yoriy hujjatlari agar Markaziy bank tomonidan chiqariladigan normativ- 
huquqiy hujjatlar turli yo‘riqnomalar, qoidalar, tartiblar va ko‘rsatmalarni o‘z 
ichiga oladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir qator funksiyalarni amalga 
oshiradi. Bunday funksiyalarga:
a) iqtisodni pul-kredit tartibiga solish;
b) banklar faoliyatini tartibga solish;
d) bank nazorati;
e) valyutani tartibga solish;
f) to‘lov tizimini tashkil qilish va boshqarish kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki davlat organi sifatida boshqa 
davlat organlaridan farq qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa davlat organlaridan 
birinchi farqi shundaki, u iqtisodiy mustaqil tashkilot hisoblanib, sarf-xarajatlari 
o‘z foydasi hisobidan qoplanadi. Ya’ni Markaziy bank, bevosita xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshiradi va foyda ko‘radi. Natijada, shu foyda evaziga o‘z faoliyatini 
amalga oshiradi. Boshqa davlat organlarining faoliyati esa, Davlat budjeti 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa davlat organlaridan 
ikkinchi farqi shundaki, u faqat Oliy Majlis Senatiga hisobot beruvchi tashkilotdir. 
Boshqa davlat organlari Vazirlar Mahkamasi boshqaradigan davlat organlari 
tizimiga kiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining mustaqilligi
birinchi navbatda, uning pul-kredit siyosatiga ijro organlaridan, avvalo, Vazirlar 
Mahkamasidan mustaqilligini ta’minlashga yo‘naltirgan.
379


Bank tizimining ikkinchi pog‘onasini turli tijorat banklari tashkil qiladi. 
Bu - universal, ya’ni bank operatsiyalarining hamma turlarini bajaradigan va 
ixtisoslashgan, ya’ni iqtisodning aniq tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadigan yoki 
bank operatsiyalarining ba’zi bir turlarini ko‘p bajaradigan banklar; filiallarga 
ega bo‘lgan va filiallari mavjud bo'lmagan banklar; 0 ‘zbekiston banklari, chet 
el sarmoyasi ishtirokidagi banklar va chet el banklarining sho‘ba banklari va 
hokazo banklardir.
Tijorat bankining aniq ta’rifi katta amaliy ahamiyatga ega. Tijorat bankining 
ta’rifi bank nomidagi tashkilot yoki subyekt nima o‘zi, uning huquqiy maqomi 
qanday, uning vakolatlari nimadan iborat, u xo‘jalik muomalasida qanday ishtirok 
etadi va shu kabi muhim huquqiy savollarga javob beradi.
Respublikaning moliya va kredit tizimi qandayligi mamlakatning taraqqiyotiga 
katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ularni takomillashtirishga doimo e’tibor 
beriladi. Bank va moliya tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirishda iqtisodiy 
islohotlarning roli muhim ekanligi Oliy Majlis palatalarining 2005-yildagi 
qo‘shma majlisida alohida ta’kidlandi hamda bank va moliya tizimlaridagi 
islohotlarni chuqurlashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi1.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin