0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning
har choragida Davlat
budjeti ijrosining 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan
yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Respublika budjetidan moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari
oluvchilar
budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g ‘risidagi
hisobotlarni 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shu vazirlik tomonidan
belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
budjetidan
hamda
mahalliy
budjetlardan
moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan
hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni
tegishli moliya organlariga
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Tumanlarning,
shuningdek,
respublika
(Qoraqalpog'iston),
viloyat
bo‘ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar,
tuman budjetining
hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda
yuqori moliya organlariga 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi belgilagan
muddatlarda taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent
shahar moliya organi tegishli budjetlarning hisobot davridagi ijrosi to‘g ‘risidagi
hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga
va tegishli hokimlarga, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
3-§. 0 4zbekiston R espublikasining soliq tizim i
Har qanday mamlakatda davlat budjetining manbalaridan biri soliq
hisoblanadi. Sotsialistik rejali tizimda soliqning o‘ziga
xos xususiyatlari,
bozor munosabatlari asosida jamiyatdagi soliqning, soliq tizimining o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud edi. Shuning uchun mustaqillikning
dastlabki davrlaridan
boshlab to‘g ‘ri soliq siyosati olib borishga alohida e’tibor berildi.
Dostları ilə paylaş: