O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Xalq s o ‘zi*, 2020-yil 28-avgust



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 «Xalq s o ‘zi*, 2020-yil 28-avgust.
2 Konstitutsiyaga 2 0 1 1-yil 18-aprelda kiritilgan o'zgartirishga asosan, Bosh prokuror o ‘rinbosarlarini
tayinlash haqidagi farmonni Senat tomonidan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.
370


prokurorni tayinlash hamda lavozimdan ozod etish haqidagi farmonini Senatda 
tasdiqlash bilan masala rasmiylashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston tarkibidagi mustaqil respublika 
bo‘lgani uchun, respublika prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi tomonidan tayinlanadi, bunda nomzod Respublika Bosh prokurori bilan 
kelishiladi. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga 
ham ma’lum talablar qonun asosida qo‘yiladi.
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish o‘rganuvchilar 
lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan, 
zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon 
beradigan 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan 
shaxslar tayinlanadi.
Prokuratura organlari xodimlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Prokuratura organlari xodimlari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat 
turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Ular ilmiy, o'qituvchilik va ijodiy faoliyat 
bilan faqat asosiy ishdan bo‘sh vaqtda shug‘ullanishi mumkin.
Prokuratura organlari ma’lum prinsiplar asosida tashkil qilinadi va faoliyat 
yuritadi. Bu prinsiplar birlik (yagonalik), markazlashganlik, qonuniylik, 
mustaqillik va oshkoralikdir.
Birlik (yagonalik) - prokuratura organlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi 
hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat 
ko‘rsatadi.
Markazlashganlik - yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga 
ko‘rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan, protsessual qarorini 
o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek, u o‘z bo‘ysunuvidagi barcha 
prokurorlarning ishlari to‘g ‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgardir.
Qonuniylik - prokuratura organlarining xodimlari o‘z faoliyatlarida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonunlarning talablariga 
aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va 
ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga ko‘ra qilinishidan 
qat’iy nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka 
sabab bo‘ladi.
Mustaqillik - prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat 
organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, 
faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining 
faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
371


Prokurorning g ‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga 
qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki faoliyatini amalga 
oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek, 
prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov 
ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan 
tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Prokuratura organlarining xodimlari o‘z vakolatlari davrida siyosiy 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin