O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Prokuratura
esa qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borishi zarur» 
- deb qayd qildi2.
Konstitutsiyada prokuraturaning umumiy vazifasi belgilangan bo‘lsa, 
2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «Prokuratura to‘g ‘risida»gi 
Qonunda uning asosiy vazifalari aniqlashtirilgan3.
Qonunning 2-moddasi « 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 
asosiy vazifasi», deb nomlanadi. Unda, belgilanishicha, prokuraturaning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat:
- qonun ustuvorligini ta’minlash;
- qonuniylikni mustahkamlash;
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, 0 ‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy 
tuzumini himoya qilish;
- huquqbuzarlikning oldini olish va profilaktika qilish.
1 Qarang: Юридический словарь. - М.: «Olma», 2004, - С. 4 5 6 - 4 5 7 .
2 Bu haqida qarang: M irziyoyev Sh. Xalqim izning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan en g oliy
bahodir. T. « 0 ‘zbekiston*, 2018. 2-tom, 110-bet.
3 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining Axborotnom asi, 2001-yil, 9 - 10-son, 168-modda.
3 6 6


Shu vazifalarni bajarish uchun u tegishli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi va 
aniq vakolatlarga ega.
Prokuratura organlari faoliyatining yo‘nalishlari:
Birinchi yo‘nalish - vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalar va boshqa organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi;
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlarning 
ijrosi;
- qurolli kuchlarda, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning harbiy 
tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Ikkinchi yo‘nalish - tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergovni 
amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat 
olib borish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish.
Uchinchi yo‘nalish - jinoyatlar ustidan dastlabki tergov olib borish;
To‘rtinchi yo‘nalish - sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat 
ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar 
to‘g ‘risidagi ishlarni hamda xo‘jalik nizolarini koVishda ishtirok etish va 
qonunlarga zid hujjatlarga protest keltirish.
Beshinchi yo‘nalish - soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta 
sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek, 
davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro 
etilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Oltinchi yo‘nalish - ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash 
joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro 
etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish.
Yettinchi yo‘nalish - qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatning 
huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Ko‘rinib turibdiki, prokuratura organlari faoliyati ko‘p qirralidir. Ularni 
amalga oshirish uchun prokuraturaga yetarli vakolatlar berilgan.
Jumladan, Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni 
taqdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga 
kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, 
qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni 
bartaraf qilish, shuningdek, qonunga rioya etish to‘g ‘risidagi o‘z vakolatlari 
doirasida 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin