Bu uning mustaqilligini belgilovchi asosiy qoida va prinsipdir. Olib borilgan sud
islohotlari natijasida sudning ijro hokimiyatiga bog‘liqligiga butunlay barham berildi.
Prezidentning ijro hokimiyatiga boshchilik qilish vakolati bekor qilingach,
sud hokimiyatining ijro hokimiyatiga bog‘liqligi butunlay barham topdi.
Sud hokimiyatining ta’sirchan bo‘lishi,
eng avvalo, sudning, sudyaning
mustaqilligiga bog‘liq.
Sudyalar mustaqildir. Sudlar har qanday siyosiy partiyalardan xoli hisoblanadi.
Ular hech bir organga yoki mansabdor shaxsga bo‘ysunmaydi. Sudyalar faqat
qonunga bo‘ysunadi. Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sudlarning ishiga
biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar shunday holatlar bo‘lsa, u
holda aybdorlar javobgarlikka tortiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 236-moddasida sud ishlarini
hal etishga aralashish, ya’ni
ishni har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganishga
to‘sqinlik qilish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir
o‘tkazish uchun javobgarlik belgilangan.
Sudyalarning mustaqilligini ta’minlashga sud faoliyatining boshqa prinsiplari,
jumladan, daxlsizlik prinsipi ham ta’sir qiladi.
Sudyalarning
mustaqilligi
Konstitutsiyaning
108-moddasi
hamda
112-moddaIarida belgilangan qoidalar orqali ta’minlanadi. 112-moddaga ko‘ra,
sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar, sudyalarning odil sudlovni
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l
qo‘yilmaydi, bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shunday hoi ro‘y bersa, qanday javobgarlik belgilanishini avvalroq ko'rib chiqqan
edik.
Sudning mustaqilligi shundayki, quyi sudlar yuqori sudlarga bo‘ysunmaydi.
Faqat yuqori sudlar quyi sudlarning qonun doirasida qaror,
hukm chiqarishini
nazorat qiladi.
2. Demokratizm prinsipi. Demokratizm, eng avvalo, Konstitutsiyaviy sud, Oliy
sud, Oliy xo‘jalik sudi sudyalarining ma’lum muddatga Senat tomonidan saylab
qo‘yilishida ko‘rinadi. Sudlarning ish yuritishida, sud jarayoni ishtirokchilarining
teng huquqliligi ham demokratizmning ifodasidir. Quyi sudlar sudyalari Prezident
tomonidan tayinlanar ekan, nomzodlarni
tanlashdagi erkinlik, oshkoralik,
tegishli talabga javob beruvchilarni sudyalik lavozimiga rezervga qo‘yish, ularni
tanlov asosida tanlab olib, Prezidentga tayinlash uchun tavsiya qilish, tanlov
komissiyasi tarkibida
turli davlat organlari, ilmiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari
vakillarining bo‘lishi demokratizmning namoyon bo‘lishidir.
3. Favqulodda sudlarni tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi. Bu masala Konstitutsiyaning
107-moddasida belgilangan. Sudlov ishlari faqat Konstitutsiyada belgilangan tizim
doirasidagi sudlar tomonidan olib boriladi. Ular esa, qonuniy shakllantirilgan
va sudyalar tegishli vakolatlarga ega. Boshqa tarzda sudlarni tuzish qonunsiz
hisoblanadi.
357
Bu qoida bekorga o‘rnatilmagan. 0 ‘tmishda favqulodda
tuzilgan organiardan
xalqimiz jabr ko‘rgan. Oktabr revolyutsiyasidan so‘ng Rossiya Federatsiyasida,
keyinchalik SSSR tarkibida bo‘lgan 0 ‘zbekistonda «Favqulodda komissiya»,
«Uchlik» deb ataluvchi qatag‘on davrining qurollari xalq boshiga ne kunlarni
solmadi. Bunday favqulodda tuzilmalar ham tergov, ham jazolovchi organ bo‘lib,
xalq boshiga cheksiz kulfatlarni soldi. Shuning uchun favqulodda sudlar tuzish
odil sudlov prinsipiga ziddir, bu qoida Konstitutsiyada belgilab qo‘yildi.
4. Sudyalar faqat shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi professional xizmatchidir.
Ular sudyalik faoliyati davomida deputat bo‘la olmaydi,
shuningdek, siyosiy
Dostları ilə paylaş: