O. T. Husanov konstitutsiyaviy


  Bu haqida qarang: Karimov I.A. M amlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


Bu haqida qarang: Karimov I.A. M amlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 2010, 15-28-betlar.
348


2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida Sud-huquq tizimini 
yanada isloh qilishga alohida ahamiyat berildi. Hujjatning ikkinchi bo‘limi 
«Qonun ustuvorligini ta’m inlash va sud-huquq tizim ini yanada isloh
q ilish n in g ustuvor yo4nalishlari» 
deb nomlandi va sud-huquq tizimini 
takomillashtirishning aniq tadbirlari belgilandi1.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi2. Murojaatnomada qayd 
qilinishicha, 
«sudyalarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan
iborat».
Sud hokimiyatini chinakam mustaqilligiga erishish, odil sudlovni amalda 
t a ’m inlash uchun yana ko‘plab choralar belgilanmoqda. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2018-yil 
28-dekabrdagi 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida ham bu masala chetda qolmadi3.
2-§. Sud hokim iyatining tizim i hamda vazifasi
Sud hokimiyati tizimining alohida hamda umumiy vazifalari mavjud, tegishli 
vakolatlarga ega alohida sud organlarining tizimidan iborat. Sud organlari 
qonunchilik va ijro hokimiyatidan farq qilib, alohida maqsadda tuzilgan sud 
organlaridan hamda Oliy va mahalliy sud organlaridan iborat va ularning 
barchasi birlashib, yagona sud hokimiyatini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda 
sud 
hokimiyatining 
mustaqilligini 
ta’minlash, 
sud 
faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan sud- 
huquq sohasidagi islohotlar natijasida 2017-yilda Sud tizimi takomillashtirilib, 
yangicha mustahkamlandi 2017-yil 16-apreldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritish to‘g ‘risidagi Qonunga muvofiq Konstitutsiyamizning 
107-moddasi quyidagicha bayon qilindi: « 0 ‘zbekiston Respublikasida sud tizimi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari 
bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent 
shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, 
shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, 
tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman va shahar ma’muriy sudlaridan iborat».

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin