O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. Xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining
huquqiy maqomi
D eputatning huquqiy maqomini uning vazifalari, huquqlari va burchlari 
hamda ular faoliyatining kafolatlari tizimi yig‘indisi belgilaydi. D eputatning 
huquqiy maqomi 2004-yil 2-dekabrdagi «Xalq deputatlari viloyat, tu m an va 
shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g ‘risida»gi Qonun2 bilan tartibga 
solinadi.
Deputat - bu tegishli tartibda saylanib, vakolatli saylov komissiyasi tomonidan 
ro‘yxatga olingan 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Mahalliy Kengash deputatlari 
o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida bajaradi. Xalq deputatlari Kengashlari tizimi 
viloyat, tuman, shahar Kengashlaridan iborat bo‘lganligi sababli, deputatlar ham 
tegishlicha viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari bo‘ladi.
Deputatlar, mahalliy Kengashlarning vakolat muddatiga, ya’ni besh yilga 
saylanadi. Lekin ularning vakolatlari muddatidan oldin ham, quyidagi hollarda 
tugatilishi mumkin:
- o‘z arizasiga binoan;
- deputatlikka nomuvofiq lavozimga saylangan yoki tayinlangan bo‘lsa;
- unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi bo‘lsa;
- deputat chaqirib olinsa;
- deputatni sud muomalaga layoqatsiz deb topsa;
1 Qonun hujjatlari m a’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2020 y; 0 3 / 0 2 / 6 3 6 / 1276-son.
2 Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to'plami.
- Т.: 2007. 2 2 4-228-b etlar.
3 2 2


- sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan, bedarak yo'qolgan yoki 
vafot etgan deb topilsa;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
- vafot etsa;
- Kengash muddatidan avval tarqatib yuborilsa.
D eputatning deputatlik nomiga dog‘ tushiruvchi xulq-atvori ham, agar 
masala Kengashda ko‘rilib, xulosaga kelinsa, vakolat muddatidan avval tugatilishi 
mumkin (3-modda).
Deputatning huquqlari Qonunning 5-moddasida batafsil bayon qilingan, 
unga ko‘ra, deputat sessiyada ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal 
qiluvchi ovozga ega:
- u, Kengashning barcha doimiy, muvaqqat komissiyalari tarkibiga saylanishga;
- sessiyada ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif qilishga;
- kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda 
bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
- Kengash tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan 
mansabdor shaxslar nomzodi yuzasidan fikr bildirishga;
- sessiyalarda, munozaralarda ishtirok etishga, raislik qiluvchi va 
m a’ruzachiga savollar berishga;
- deputat so‘rovi bilan murojaat qilishga;
- o‘z takliflarini isbotlash yoki ovoz berish sabablarini izohlash uchun so‘zga 
chiqishga;
- raislik qiluvchiga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi 
matnini, taklifi yoki mulohazasini topshirishga;
- o‘zi a’zo bo‘lgan Kengash komissiyasining qaroriga qo‘shilmagan taqdirda 
o‘z nuqtai nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda yozma xabar qilishga;
- har qanday mansabdor shaxsni sessiyada hisobotini eshitish taklifini 
kiritishga;
- qonunlar ijro etilishini, Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish 
to‘g ‘risida masalalar taklif qilishga;
- Kengash sessiyasi stenogrammalari bilan tanishishga;
- saylovchilar bilan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin