birga, yakuniy natija uchun ularning javobgarligini tubdan oshirish
zarur»1,
- deb ta ’kiladi.
Keyingi paytlarda mahalliy miqyosda ham hokimiyat bo'linishi prinsipini
keng joriy qilish, vakillik va ijro hokimiyatiga hokimni rahbarlik qilishdan voz
kechish, hokimlarni fuqarolar tomonidan saylash tartibini
joriy qilishga alohida
ahamiyat qaratilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida
«Zamonaviy boshqaruv tizim ini joriy etish maqsadi
qo‘yilar ekan, hokim ning ayni vaqtda xalq deputatlari Kengash raisi
sifatida faoliyat ko‘rsatishiga doir tartib bekor qilinishi kerak»2,
- deb
ta ’kidladi.
7-§. H okimlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan
ozod etish tartibi
Hokimlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish Konstitutsiyaviy
asosga ega. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo'shimchalar hokimlarni
lavozimiga tayinlash va ozod qilish tartibiga ham o‘zgartirishlar kiritdi.
Avvalgi Konstitutsiya va qonun normalariga asosan
viloyatlar va Toshkent
shahar hokimi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanib
va tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanar edi. Davlat
boshlig‘i tomonidan tayinlangan shaxsning, Kengashda
tasdiqlanishi qoidasining
o‘rnatilganligi bahs-munozaralarga sabab bo‘lar edi. Bundan tashqari, Prezident
tomonidan tayinlangan hokimni Kengash tasdiqlamasa,
nima bolishi qonunda
ko‘rsatiImagan bo‘lib, bu - qonunning bo‘shlig‘i edi.
Bu holat «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda mantiqiy to‘g ‘ri hal qilindi va bo‘shliq
to‘ldirildi. Q onunning 6-moddasi «Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash
va tasdiqlash tartibi» deb nomlangan bo‘lib, unga asosan:
Viloyat va Toshkent
shahar hokimi nomzodlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan
maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent
shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tegishli Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik
ovozini olgan
nomzod hokim lavozimiga tasdiqlangan hisoblanadi, Kengash qaroriga muvofiq
Prezident nomzod bo‘yicha .farmon qabul qiladi, ya’ni
saylangan nomzodni
tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: