jumladan, mahalliy ijroiya hokimiyati)
institut, tushuncha yo‘q edi. U davrdagi
qonunlarda faqat xalq deputatlari Sovetlari davlat hokimiyati organi hisoblanib,
ijro organlari Sovetning organi, deb mustahkamlangan va ijro organlarini ham
kollegialchilik (ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishi belgilab qo‘yilib,
yakkaboshchilik sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb hisoblangan.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijro hokimiyatini tashkil qilish,
uning
faoliyatini kuchaytirish yo‘lidan bordi. Toshkent shahrida ijro organining
boshlig‘i yakkaboshchilik asosida faoliyat ko‘rsatadigan hokim bo‘lishi maqsadga
muvofiq, degan fikr asosida, 1991-yil 29-dekabrda eksperiment tariqasida
Toshkent shahar hokimi Toshkent xalqi tomonidan saylandi. 1992-yil yanvardagi
« 0 ‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish
to‘g ‘risida»gi Qonuniga binoan Respublikaning barcha m a’muriy
tuzilmalarida
ijro hokimiyatining boshlig‘i sifatida hokim lavozimi tashkil qilinishi belgilandi
va joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarm o g ‘i sifatida e’tirof etildi. Bu
g ‘oya keyinchalik 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo‘yildi.
Konstitutsiyaga asosan barcha m a’muriy-tuzilish pog‘onalarida hokim
lavozimi mavjud bo‘lib, ular vakillik hokimiyati organlarini tegishlicha boshqaradi.
Shuningdek, ijro hokimiyatini ham hokimlar boshqaradi (100, 102-moddalar).
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonunga asosan Hokimlar viloyat,
tum an va shaharning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi (1-modda). Hokim
joylardagi mansabdor shaxs sifatida o‘zbek davlatchiligida azaldan qo‘llanib
kelingan va sotsialistik tuzumda yo‘q qilingan lavozim edi.
Hokim lavoziminingo‘rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakkaboshchilik
prinsipida amalga
oshirilishini
belgiladi.
Yakkaboshchilik
prinsipi
faqat
mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas, ularning m as’uliyati
kuchli bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun hokimlarga o‘zlariga yuklatilgan
vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat, huquqlar bilan birga, kuchli
m as’uliyat ham yuklangan.
Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq
deputatlari Kengashlari
oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va
tegishli xalq deputatlari
Kengashlari oldida hisobdorligi Qonunning 1-moddasida belgilab qo‘yilgan.
M amlakatimizda
olib
borilayotgan
davlatchilik
sohasidagi
islohotlar
ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati nazoratini kuchaytirish,
jamoatchilik nazoratini kengaytirish nazarda tutilmoqda va holatlar qonunlarda
aks ettirilmoqda.
2014-yil aprel oyida Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishda hokimlarning
vakillik organlari oldida hisobdorligi yanada kuchaytirildi. Unga asosan «Viloyat,
tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga, viloyat, tuman va
shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan
hisobotlar
taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli
qarorlar qabul qilinadi» (Konstitutsiyaning 103-modda ikkinchi qismi).
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g ‘risida»gi1
Qonunning
7-moddasida:
«Xalq
deputatlari
viloyatlar
va
Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar
hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari» deb nomlanadi va unda
Kengashlaridagi partiya guruhlariga hokim lavozimida ishlayotgan shaxslarning
qoniqarsiz faoliyati to‘g ‘risida Prezidentga asoslangan
xulosalar taqdim etish
tashabbusi huquqi berildi. Bunday tashabbus yetakchi g uruhlar tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan taqdirda Prezident bu tashabbusni Kengash m uhokamasiga
tayinlaydi va muhokama natijasiga ko‘ra qaror qabul qiladi.
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi m a’ru-
zasida Prezident davlat organlari faoliyati ustidan « 0 ‘zbekiston Respublikasida
jamoat nazorati to‘g ‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari fao
liyatining ochiqligi to‘g ‘risida» qonunlar qabul qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi2.
Hokimning m as’uliyati kuchli bo‘lsa, ish yaxshi yo‘lga qo‘yiladi va natija
yaxshi bo‘ladi. Hokim institutining eng muhim xususiyati shundaki, hokim faqat
o‘zi tomonidan qabul qilingan hujjatlarning to‘g ‘riligi,
harakati va faoliyatining
qonuniyligi uchungina javobgar bo‘lmay, Konstitutsiyaning 103-moddasiga
asosan o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun ham
shaxsan javobgar bo‘ladi.
M amlakatim izda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi sohasidagi
islohotlar natijasida mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatida ko‘plab
muam m olar mavjudligi ham aniqlandi.
Hokimlar faoliyatida uchrab turgan kamchiliklarni bartaraf etish hozirgi kun
tartibidagi muhim masala ekanligi e’tiborga olinib, « 0 ‘zbekiston Respublikasida
m a’muriy islohotlar konsepsiyasi» qabul qilindi3.
Bu konsepsiya holatlarni amalga oshishi ijro hokimiyati - hokimlarning
mavqeini yanada mustahkamlashga, hokim bilan xalq deputatlari Kengashlari
munosabatini yangi darajada tashkil qilishga olib keladi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi
Oliy
Majlisga Murojaatnomasida
Dostları ilə paylaş: