O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiya fraksiyalari, deputat guruhlari, bloklar kabi tuzilmalar yo‘q



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiya fraksiyalari, deputat guruhlari, bloklar kabi tuzilmalar yo‘q.
Oliy Majlis Senati qo‘mitalarini saylash, vakolatlari, ishini tashkil etish, 
majlislari, qarorlari, Senat komissiyalari haqidagi masalalar «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining senati to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning 
17-22-moddalarida belgilangan.
5-§. Oliy Majlis p alatalarin in g vakolatlari
Oliy Majlis parlament sifatida o‘z vazifalariga va shu vazifalarni bajarish 
uchun yetarli vakolatga ega.
Oliy Majlisning vakolatlari palatalarning birgalikdagi vakolatlari asosida 
vujudga keladi. S huning uchun yuridik adabiyotlarda, shu jumladan, Konstitutsiya 
va qonunlarda ham, asosan, «Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari» 
degan tushuncha ishlatiladi.
274


Konstitutsiyaning 78-moddasida 
palatalarning birgalikdagi vakolatlari 
belgilab qo‘yilgan. Unga asosan, Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi 
vakolatlari quyidagilar:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini 
qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
3) 0 ‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g ‘risida va uni 
o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 
belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
5) 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud 
hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
6) 0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish 
va ularning 0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni 
tasdiqlash;
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
8) 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining taqdimiga binoan 
0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini 
nazorat etish;
9) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
10) 0 ‘zbekiston Respublikasining m a’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini 
qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini 
hamda chegaralarini o‘zgartirish;
12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta ’sis etish;
13) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g ‘risidagi 
farmonlarini tasdiqlash;
14) 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy saylov komissiyasini tuzish;
15) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek, 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh 
vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish;
16) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha 
vakili va uning o‘rinbosarini saylash;
17) 0 ‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
18) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasiga 
hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan 
shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati t u g ‘ilganda urush holati e’lon 
qilish to‘g ‘risidagi farmonini tasdiqlash;
275


19) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik 
e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilinishini uzaytirish yoki 
tugatish to‘g ‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
20) xalqaro shartnom alarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
21) Parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish.
Oliy Majlis palatalarining bu vakolatlari, qoida tariqasida, avval Qonunchilik 
palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqilib hal qilinadi. Z arur hollarda yuqoridagilar 
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlislarida ham ko‘rilishi mumkin. M asalan, 
Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, asosan, qo‘shma majlisda 
amalga oshiriladi.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi bu vakolatlarini vazifa va maqsadiga 
qarab g uruhlarga bo‘lish mumkin.
1. Qonunchilik sohasidagi vakolatlar Oliy Majlisning asosiy vazifalaridan 
kelib chiqadi. Konstitutsiya qabul qilish, unga o‘zgartirish kiritish, konstitutsiyaviy 
qonunlar qabul qilish va ularga o‘zgartirish kiritish palatalarning birgalikdagi 
vakolatidir.
2. M am lakatni ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash 
hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish, jamiyat taraqqiyotiga t a ’sir 
qiluvchi eng muhim masalalarda referendum belgilash, xalqaro shartnom alarni 
ratifikatsiya va denonsatsiya qilish.
3. Davlat qurilishi sohasidagi vakolatlar: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyati organlari tizimi va vakolatlarini belgilash; mam lakat tarkibiga 
yangi tuzilmalarni qabul qilish va chiqarish, m am lakatning m a’muriy-hududiy 
tuzilmasini belgilash, markaziy m uassasalarni tuzish to‘g ‘risidagi Prezident 
farmonlarini tasdiqlash, M arkaziy saylov komissiyasini tuzish, Bosh vazir 
nomzodini ko‘rib chiqish.
4. M am lak atn in g iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq vakolatlar: davlat 
budjetini qabul qilish va ijrosini nazorat qilish, soliqlar va boshqa to‘lovlarni 
joriy qilish.
5. 
M am lak atn in g
xavfsizligini 
ta ’minlash 
bilan 
bog‘liq 
vakolatlar: 
Prezidentning urush holati, umum iy safarbarlik, favqulodda holat joriy etish 
to‘g ‘risidagi farmonlarni tasdiqlash.
6. Nazorat sohasidagi vakolatlari, bularga: davlat budjetining bajarilishini 
nazorat qilish, Bosh vazir hisobotini eshitish, Hisob palatasining hisobotini 
ko‘rib chiqish.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlarini amalga oshirishda 
Prezident, Vazirlar M ahkam asi ishtirok etadi.
Konstitutsiya mazmunidan ko‘rinib turadiki, Oliy Majlis palatalarida ayrim 
masalalar Prezident taqdimiga ko‘ra hal qilinsa, ayrim masalalar Prezident 
farmonlarini tasdiqlash orqali hal qilinadi. Bir holatda, ya’ni davlat budjetini 
tasdiqlash masalasi Vazirlar M ahkam asi taqdimiga binoan hal qilinadi.
2 7 6


Oliy Majlis palatalari birgalikda Oliy Majlisga taalluqli masalalarni hal 
qilsa-da, ularning o‘zlari hal qiladigan mustaqil masalalar, vakolatlarining 
borligi palatalarning mustaqilligini ko‘rsatadi. Bu xususiyat jahon parlament 
tajribasida mavjud. Shuning uchun Konstitutsiyaning 79-moddasida Qonunchilik 
palatasining mutlaq vakolatida ko‘rsatilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq 
vakolatlariga:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri 
va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini 
saylash;
2) 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Bosh 
prokurorining 
taqdimiga 
binoan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini 
daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g ‘risidagi masalalarni hal etish;
3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan 
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, 
shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul 
qilish;
5) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar mahkamasi a’zolarini keyinchalik ularni 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish 
va m a’qullash haqida.
Qonunchilik palatasin in g mutlaq vakolatlari sh u lar bilan cheklanib 
qolmaydi. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada dem okratlashtirish 
ham da m am lakatni modernizatsiya qilishda siyosiy p artiy ala rn in g rolini 
kuchaytirish to ‘g ‘risida»gi Q onun va Prezident tom onidan ilgari surilgan 
konsepsiya 
asosida 
K onstitutsiyaga 
kiritilgan 
qo‘shim ch alarg a 
ko‘ra, 
Q onunchilik palatasida en g ko‘p o‘rin olgan siyosiy p artiy alarn ing Bosh vazir 
nomzodini prezidentga taqdim etish huquqi, palatadagi siyosiy partiyalar 
fraksiyalariga Bosh vazirni m uddatidan oldin vazifasidan ozod qilishni so ‘rab 
Prezidentga murojaat qilish huquqi yoki Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik 
votumi bildirish huquqining mavjudligi Qonunchilik p alatasining huquqlari 
ancha kengligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyada Oliy Majlis Senatining ham mutlaq vakolatlari belgilab 
qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 80-moddasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarining raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
3) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudini saylash;
2 7 7


4) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini tayinlash;
5) u sh b u band 0 ‘zb ek isto n R esp u b lik asin in g 2017-yil 31-m aydagi 
0 ‘R Q -4 3 0 -so nli Qonuniga asosan chiqarib tashlangan;
6) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod 
etish to‘g ‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat 
xavfsizlik xizmati1 raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g ‘risidagi 
farmonlarini tasdiqlash;
8) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash 
hamda ularni lavozimidan ozod etish;
9) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi M arkaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash hamda uni 
lavozimidan ozod etish;
10) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya 
to‘g ‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
11) 
0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurorining taqdimiga 
binoan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan 
m a h ru m etish to‘g ‘risidagi masalalarni hal etish;
12) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
M arkaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan 
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, 
shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul 
qilish kiradi.
S enatning Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini ham guruhlarga 
bo‘lib o‘rganilsa, ularni tushunish oson bo‘ladi.
1. S enatning o‘z faoliyati bilan bog‘liq vakolatlari. Bular: Senat Raisi, 
rais o‘rinbosarlari, qo‘mitalar raislari, ularning o‘rinbosarlarini saylash; Bosh 
prokurorning taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan m ahrum
etish masalasini hal qilish; o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib- 
qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.
2. Boshqa markaziy davlat organlari tarkibini tuzish bilan bog‘liq vakolatlar. 
Bular: Prezident taqdimiga binoan Konstitutsiyaviy sudni saylash; Prezidentning 
taqdimiga binoan Oliy sudni saylash; Prezidentning taqdimiga muvofiq, 
M arkaziy bank boshqaruvi raisini, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin