O. T. Husanov konstitutsiyaviy


O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 0 1 8-yil 14*martdagi Farmoni bilan M illiy xavfsizlik xizmati



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 0 1 8-yil 14*martdagi Farmoni bilan M illiy xavfsizlik xizmati
Davlat xavfsizlik xizm atiga aylantirildi.
2 7 8


vakillarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish, Bosh prokurorni, Hisob palatasi 
raisini, Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish 
to‘g ‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash.
3. Parlament nazorati bo‘yicha vakolatlar. Bular: Bosh prokurorning, 
M arkaziy bank boshqaruvi raisining hisobotini eshitish.
4. Fuqarolarning huquq va erkinligi bilan bog‘liq vakolatlar. Bular: 
Prezidentning taqdimiga binoan amnistiya to‘g ‘risidagi hujjatlarni qabul qilish.
S enatning vakolatlariga e’tibor bersak, ularning ayrimlari Prezident taqdimi 
bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ayrimlari Prezident farmonlarini tasdiqlash 
orqali amalga oshiriladigan vakolatlar ekanligini ko‘rish mumkin.
Bundan qonunchilik hokimiyati bilan davlat boshlig‘i yaqin aloqada bo‘lib, 
davlat boshqaruvi bo‘yicha ishlarni hal qilishini ko‘ramiz.
6-§. Qonunchilik jarayoni
Konstitutsiyaga asosan, Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi. Bu degani, u qonun qabul qiladi. 0 ‘zbekistonda boshqa qonun qabul 
qiluvchi organ yo‘q.
Qonun qabul qilishda Oliy Majlisning har ikkala palatasi ishtirok etadi. 
Lekin qonunni tayyorlash, loyihalarni muhokama va qabul qilish Qonunchilik 
palatasida amalga oshiriladi. Palata nomining o‘zi ham qonun qabul qilishda 
u ning roli alohida ekanligini ko‘rsatadi.
Qonun qabul qilish - alohida va aniq tadbirlarni o‘z ichiga oladigan jarayon. 
Bu jarayon m a’lum bosqichlardan iborat bo‘lib, qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Qonunchilik jarayonining ayrim masalalari Konstitutsiyada ham belgilangan 
va mos ravishda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 
Reglamenti to‘g ‘risida»gi Qonunda hamda Senatga taalluqli shunday qonunlar 
bilan tartibga solinadi.
Qonunchilik jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
- qonunchilik tashabbusi;
- qonun loyihalarini ko‘rib chiqishga qabul qilish va loyihani muhokama 
qilish;
- qonunlarni qabul qilish va m a’qullash;
- qonunlarni imzolash, e’lon qilish.
Konstitutsiyaning 83-moddasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega 
subyektlar ko‘rsatilgan. Unga asosan, qonunchilik tashabbusi huquqiga: 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi 
orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori 
egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan 
qonun loyihasini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
279


Shuningdek, bu moddada qonun loyihasi Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasiga kiritilishi ham belgilab qo‘yilgan.
Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini taqdim etgan subyektlar loyihaga 
quyidagilarni ilova sifatida taqdim qilishi shart:
- qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
- o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g ‘risidagi, shuningdek, qonun 
loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish 
to‘g ‘risidagi qonun loyihasi;
- o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi 
yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati;
- moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy- 
iqtisodiy asoslar;
- davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, 
shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha 
o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ahkam asining xulosasi.
2013-yil 
18-apreldagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
«O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g ‘risida»gi, 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
haqida»gi Qonuniga muvofiq, qonunchilik jarayoni izchil isloh etildi. Jumladan, 
Qonunchilik palatasining Kengashi huzurida Qonunchilik palatasi devoni 
xodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda kiritiladigan qonun loyihalarini 
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish 
bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi g u ru h tuziladi.
Kelib tushg an qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi a’zolarini 
ular haqida xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish 
Muvofiqlashtiruvchi g u ru h zimmasiga yuklatildi.
Muvofiqlashtiruvchi g u ru h faoliyatini tashkil etish tartibi Qonunchilik 
palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul 
qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqining 
subyekti loyiha matnini o‘zgartirish yoki o‘zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib 
olish huquqiga ega. Kiritilgan qonun loyihasi, agar ayni shu masala bo‘yicha 
qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan 
bo‘lsa, qaytarib yuboriladi.
Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi gu ru h n in g axborotini 
eshitib, qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun m as’ul qo‘mitani 
belgilaydi, unga va bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga qonun loyihasini hamda 
unga ilova qilingan materiallarni topshiradi.
M a s ’ul qo‘mita qonun loyihasi bo‘yicha barcha fraksiyalardan fikrlar 
va takliflarni to ‘plab, Qonunchilik palatasi K engashiga qonun loyihasini
2 8 0


Q onunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g ‘risida 
belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida, 
fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini 
Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki qabul qilmaslik 
to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
M a s ’ul qo‘mita qonun loyihasini palata kun tartibiga kiritishga tavsiya etsa, 
palata Kengashi qo‘mita xulosasi asosida qonun loyihasini birinchi o‘qishda 
ko‘rib chiqish uchun palata majlisining kun tartibiga kiritish to‘g ‘risida qaror 
qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib 
chiqadi.
Qonun 
loyihasi 
Qonunchilik 
palatasi 
majlislarida 
birinchi 
o‘qishda 
ko‘rib chiqish chog‘ida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun 
loyihasining konsepsiyasi, uning 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek, qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq 
xarajatlar va moliyalash manbalari to‘g ‘risidagi masala muhokama qilinadi.
Fraksiyalar qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga 
ko‘ra m as’ul qo‘mitaga o‘z fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
M a s ’ul qo‘mita fraksiyalari, manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar 
guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining 
dastlabki tarzdagi muhokamasini o‘tkazadi va agar Qonunchilik palatasi Kengashi 
tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, qonun loyihasi olingan kundan 
e’tiboran ikki oy ichida unga:
- Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib 
chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g ‘risidagi qarori loyihasini;
- m as’ul qo‘mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish 
zarurligi asoslangan xulosasini;
- fraksiyalarning qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan 
holda, Qonunchilik palatasi Kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilish ochiq 
qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari taklif 
etilgan holda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihasining muqobil variantlari 
kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi 
deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko‘p miqdordagi 
ovozini to‘plagan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi. 
Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik palatasi tomonidan rad 
etilgan hisoblanadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib 
chiqishda uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi,
281


shuningdek, 
qonunni 
amalga 
oshirish 
bilan 
bog‘liq 
xarajatlar 
hamda 
moliyalashtirish manbalari to‘g ‘risidagi masala muhokama qilinadi. Bunda 
m a’ruzachi birinchi va keyingi o‘qishlarda fraksiyalarning fikrlari va takliflarini 
deputatlarga yetkazishi shart.
Fraksiyalarning qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi 
shart.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib 
chiqish chog'ida m as’ul qo‘mita m a’qullagan takliflar ham, m a’qullamagan 
takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama- 
modda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini 
maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish 
muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish yoxud qonun 
loyihasini rad etish to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan to‘laligicha ovozga 
qo‘yiladi.
Q onun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda, 
m a s ’ul qo‘m ita n in g taklifiga binoan qonunni keyingi o‘qish tartib-taom illarini 
istisno etg an holda qabul qilish to ‘g ‘risidagi m asala ovozga qo‘yilishi m um kin.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining 
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Konstitutsiyaviy qonunlar uchdan ikki qism 
ovoz bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida Senatga 
ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda qonun loyihasini 
Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan materiallar yuboriladi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasida muhokama qilish jarayonida 
Qonunchilik palatasi loyihani umumxalq muhokamasiga qo'yish haqida qaror 
qabul qilishi mumkin.
Konstitutsiyaga asosan, Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun Senat 
tomonidan ko‘rib chiqilib, m a’qullanishi kerak.
Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan 
qonunni ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan 
qo‘mitaga topshiriladi.
M a s ’ul qo‘mitaning xulosasida qonunni m a’qullash yoki rad etish zarurligi 
to‘g ‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad etish 
zarurligi to‘g ‘risidagi xulosada m as’ul qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb 
hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. M a s ’ul qo‘m itaning xulosasi Senat 
Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi 
loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish m a’ruzachining m as’ul qo‘mita 
xulosasini o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan qonun yuzasidan 
uning muhokamasi jarayonida senatorlar so‘zga chiqishlari mumkin.
2 8 2


Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan 
m a’qullanadi. Konstitutsiyaviy qonunlar bundan mustasno.
Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun 
Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qonunni rad etish to‘g ‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi 
kerak. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish 
zarurligi to‘g ‘risidagi, shuningdek, kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar 
bayon etilishi mumkin.
Senatning qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g ‘risidagi qarori mazkur 
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga 
yuboriladi.
Qonunchilik jarayonida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan 
qonun Senat tomonidan rad etilganda yoki Senat ma’qullab, Prezidentga 
imzolash uchun yuborilgan qonunlar Prezident tomonidan rad etilganda qonunni 
Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqish tartiblari ham belgilangan.
Senat tomonidan rad etilgan yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan e’tirozlar bilan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 
bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
M as’ul qo‘mita Senat tomonidan rad etilgan yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun yuzasidan xulosa beradi.
M as’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi 
tomonidan qayta ko‘rib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik 
palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik 
palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik 
ovozi bilan yana m a’qullasa, qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta 
ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul 
qilinadi:
- qonunni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va 
takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;
- qonunni bundan buyon ko‘rib chiqmaslik;
- qonunni avvalgi qabul qilingan tahrirda ma’qullash.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan 
m a’qullansa, Senatga ma’qullash uchun yuboriladi.
Bu qonun qabul qilish jarayonida Qonunchilik palatasining huquqlari 
ustuvorligini, Qonunchilik palatasida o‘z fikrini o‘tkazishning kuchli vositasi 
mavjudligini ko‘rsatadi.
2 8 3


Qonunchilik bosqichlarida qonunlarni imzolash va e’lon qilish jarayoni mavjud 
bo‘lib, bu Oliy Majlisda qabul qilingan qonunlarning rasmiy kuchga kirishini 
ta’minlaydi. Konstitutsiyaning 84-moddasiga binoan, qonun Qonunchilik palatasi 
tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan m a’qullanib, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy 
nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘Iadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati m a’qullagan qonun 
imzolanishi va e’lon qilinishi uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n 
kun ichida yuboriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida 
imzolanadi va e’lon qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan 
m a’qullansa, qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun 
ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon 
qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.
Konstitutsiyada, qonunlarda qonun qabul qilish jarayonida Qonunchilik 
palatasi va Senat o‘rtasida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish 
tartiblari ham belgilangan bo‘lib, bu Kelishuv komissiyasini tuzish orqali amalga 
oshiriladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat 
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini 
tuzishi mumkin.
Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasini tuzish to‘g ‘risidagi tashabbus 
Qonunchilik 
palatasi 
Spikeridan, 
shuningdek, 
fraksiyalar va 
deputatlar 
guruhlaridan chiqishi mumkin.
Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasi 
Spikeri va Senat Raisi tomonidan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.
Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan va Senatdan ko‘rsatilgan 
tarkibi ularning majlisida tasdiqlanadi.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a’zolari o‘z tarkibidan 
ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraislarini saylaydilar.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida 
Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ovoz berish orqali qabul qiladi.
Kelishuv k om issiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan 
Qonunchilik palatasi d eputatlari va sen a to rla rn in g alohida-alohida ovoz 
berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, a g a r ko m issiy an in g har bir palatadan
284


sa y lan g a n a ’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul 
qilingan hisoblanadi.
Kelishuv komissiyasi amalga oshirgan ishining natijalari yuzasidan 
kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa 
qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasining 
matni ilova qilinadi.
Xulosa Qonunchilik palatasi va Senatdan saylangan kelishuv komissiyasining 
hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Qonunchilik palatasi va Senatga 
topshiriladi.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik 
palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunni qayta ko*rib chiqishda 
kelishuv komissiyasining bayonnomasida mavjud bo‘lgan takliflargina muhokama 
qilinadi.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik 
palatasi kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata 
tomonidan m a’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom 
ettirishni taklif qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi qonunni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilsa, 
u m a’qullash uchun Senatga yuboriladi.
A gar kelishuv komissiyasining qonun bo‘yicha ishlari yakunlariga ko‘ra 
kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida qayta 
ko‘rib chiqilishi kerak.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin