S enatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,
mahalliy
davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay
o‘tkazi!adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyat, tuman, shahar
davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan
hamda kamida besh yil 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida muqim yashayotgan
deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisi, agar unda
deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli
hisoblanadi.
Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish,
Senat a’zoligiga nomzod ko‘rsatish,
shuningdek, ovoz berishni o‘tkazish qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tum anlar va
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma
majlislarida Senat a’zolarini saylash tartibi to‘g ‘risidagi
nizom Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq
ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti davlat hokimiyati vakillik
organlarining majlisda hozir bo‘lgan deputatlarining ellik foizidan ortig‘i ularni
yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari
saylanmagan
bo‘lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur
miqdorini to‘plamagan nomzodlar bo‘yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining
ana shu qo‘shma majlisining o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
M arkaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma
majlislarining bayonnomalari asosida, bu bayonnomalar kelib tushgan kundan
e’tiboran
besh kundan kechiktirmay, Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi.
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqishda, yashirin ovoz berish
natijalarini aniqlashda qonun talablari saylov natijalariga ta ’sir
qilgan tarzda
buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining
saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlislarining, shuningdek,
M arkaziy saylov komissiyasining Senat a’zolarining saylovi to‘g ‘risidagi qarorlari
ustidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi mumkin.
Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
a) agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
b) agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari
saylanmagan bo‘lsa.
Takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi
uchun
o‘tkaziladi.
26 7
Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan
keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va
takroriy saylov o‘tkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda am alga oshiriladi.
Bo‘shab qolgan o‘rinlarga
Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati
vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma
majlislarida Saylov kodeksi
talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat
a’zosining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa S enatning yangi a’zosi
saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g ‘risidagi
axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining
ismi, tu g ‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (m ash g ‘ulotning turi),
ish va yashash
joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.
Dostları ilə paylaş: