2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda
aholi ikki palatali
parlament tuzilishini va Prezidentning vakolat muddatini yetti yil qilib
belgilashni m a ’qulladi.
Oliy
Majlis
sessiyasida
2002-yil
4-aprelda
«Referendum
yakunlari
hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g ‘risida»gi
Konstitutsiyaviy qonun1 qabul qilindi. Qonunning 1-moddasida ushbu qonun
Konstitutsiyaning moddalariga va amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilishiga asos boMishi mustahkamlab qo‘yildi.
Qonun respublikada saylov o‘tkazish
muddatlari, Oliy Majlisning tuzilishini,
Qonunchilik palatasi va Senatni tashkil etish tartibi, palatalarning
ishini tashkil
etish, Prezidentning vakolat muddatini belgilab berdi.
M azk u r Qonunga asosan, Konstitutsiyaning tegishli bob va moddalariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Natijada, Oliy Majlis ikki palatadan: yuqori
palata - Senatdan va quyi
palata - Qonunchilik palatasidan iborat qilib belgilandi. Qonunchilik palatasi
doimiy ishlovchi, professional a’zolardan
iborat tuzilma, Senat a’zolari senatorlik
faoliyatini asosiy ishlash joyidan ajralmagan holda olib borishi belgilandi.
Konstitutsiyada har ikki palataning mutlaq vakolatlari,
birgalikdagi
vakolatlari, qonunchilik jarayonining konstitutsiyaviy asoslari belgilab qo‘yildi.
2004-yilda «O‘zbekison Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g ‘risida»gi
Qonun yangi tahrirda qabul qilindi va unda Senatni tashkil qilish bilan bog‘liq
tartiblar belgilandi.
2002-yil
12-dekabrda
« 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Qonunchilik
palatasi
to‘g ‘risida»gi
va
« 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
M ajlisining Senati to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar2 qabul qilindi.
2004-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylov natijasida Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasi va yangidan saylangan mahalliy vakillik organlari
deputatlarining qo‘shma majlislarida ko‘rsatilgan
nomzodlar asosida Oliy
Majlisning yuqori palatasi shakllantirildi hamda 0 ‘zbekistonda ikki palatali
professional parlamentning faoliyati boshlandi.
Shu bilan parlament islohotlari tugagani yo‘q, uni takomillashtirish davom
etmoqda.
Dostları ilə paylaş: