partiyasi fraksiyasi, 47 nafar deputatdan iborat «Adolat» sotsial-demokratik
partiyasi fraksiyasi, 14 nafar deputatdan iborat «Vatan taraqqiyoti» partiyasi
fraksiyasi ro‘yxatga olindi.
«Vakillik hokim iyatini vujudga keltirishning jahondagi eng dem okratik tizim laridan biri tashkil etildi. 0 ‘zbekiston Parlam enti — Oliy M ajlis ilk marta ko'ppartiyaviylik asosida saylandi»3. 1995-yilda saylangan parlament - Oliy Majlis 0 ‘zbekiston hayotida, xalqlar
taqdirida muhim rol o‘ynadi. Jam iyatning rivojlanishini ta ’minlovchi huquqiy
asoslar yaratildi. Parlamentda xalqchillik o‘rnatildi. Parlamentda ishlash tajribasi
vujudga keldi, aytish mumkinki, u mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatda
barqarorlikni ta ’minlash kabi muhim vazifalarni bajardi.
Lekin jamiyatning rivojlanishi islohotlarni doimiy ravishda o‘tkazib borishni
taqozo etadi. Shuning uchun XX asr oxirida - 2000-yillarda Parlamentni yanada
rivojlantirish zarurati vujudga keldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil may oyida bo‘lib o‘tg an
sessiyasida Prezident Oliy Majlisni ikki palatali tizimga o‘tkazish hamda
professional parlamentni shakllantirish g'oyasini ilgari surdi. Hayotning, kishilar
ongining o‘zgarishi parlamentni qayta tashkil qilish va uning davlat hokimiyatini
tashkil etishdagi rolini yanada oshirish lozimligi ta ’kidlandi.
Parlamentni tashkil qilish masalasi yuzasidan xalqning fikrini bilish
maqsadga muvofiq deb topilib, 2002-yil 27-yanvarda referendum o‘tkazilib, unga
ikki palatali parlamentga o‘tish hamda Prezident vakolati muddatini besh yildan
yetti yilga o‘zgartirish haqidagi masala kiritildi.
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to ‘plami. - T .: 2007. 148-164-b etlar. Bu qonun Oliy Majlis ikki palatali bo‘lguncha amalda bo'lgan.