O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M irziyoyev Sh.M . Xalqim izning roziligi bizning faoliyatim izga berilgan en g oliy bahodir. T



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 M irziyoyev Sh.M . Xalqim izning roziligi bizning faoliyatim izga berilgan en g oliy bahodir. T.
« 0 ‘zbekiston*. 2018, 2-tom 40-bet.
252


tayinlash uchun Senatga taqdim etadi. Tashqi siyosatimizning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakat hayotining eng muhim masalalarini yechish 
maqsadida referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.
4. Prezidentning turli davlat organlari, muassasa va tashkilotlarni tuzish, 
hokimiyat tarmoqlarini tashkil qilish, ularni bahamjihat ishlashini ta’minlash 
sohasidagi vakolatlari.
Prezidentga davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining 
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda ularning hamkorligini ta ’minlash 
vazifasi yuklatilgan.
Prezident barcha hokimiyat tarmoqlarini tashkil qilish hamda maxsus 
organlarning rahbarlarini tayinlash va saylash, markaziy organ va muassasalarni 
tashkil qilish, tugatish bo‘yicha vakolatlarga ega.
Prezidentning bu sohadagi vakolatlariga Senat a’zolarining 16 nafarini 
tayinlash (Konstitutsiyaning 77-moddasi); Senat Raisi lavozimiga saylash uchun 
nomzod taqdim etish (93-moddaning 9-bandi); Oliy Majlis palatalariga ko‘rib 
chiqish va tasdiqlash uchun Bosh vazir nomzodini taqdim etish va lavozimidan 
ozod etish (10-band); Hukumat a’zolarini tayinlash; 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish 
(12-band); Oliy Majlisning Senatiga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tarkiblariga, 
shuningdek, Sudyalar oliy kengashining raisi, Markaziy bank raisi lavozimlariga 
nomzodlarni taqdim etish (13-band); Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash 
va lavozimidan ozod qilish (24-band); Oliy Majlisni tarqatib yuborish (95-modda) 
vakolatlari kiradi.
0 ‘zbekiston 
Prezidenti 
Vazirlar 
M ahkam asining 
taqdimiga 
binoan, 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini 
tuzadi va tugatadi (8-band).
Qonunlarga asosan, Prezident Senatning navbatdan tashqari majlisini 
chaqirishni talab qilish, Markaziy saylov komissiyasi raisligiga nomzod taqdim 
qilish huquqiga ega.
5. Prezidentning qonunchilik sohasidagi vakolatlari. Bu, avvalo, uning 
qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligida ko‘rinadi (83-modda). Hozirgi kunda 
amalda bo‘lib turgan ko‘plab qonunlar Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan 
yoki ozgarishlar kiritilgan. Prezident Parlamentda qabul qilingan qonunlarni 
imzolaydi va e’lon qiladi. Zarur bo‘lsa, qonunga e’tirozlarni ilova qilib, uni 
takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga 
haqli (93-moddaning 17-bandi).
Prezident qonunchilikka parlament qo‘shma majlislarida mamlakatning ichki 
va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan qilgan murojaatlari orqali 
kuchli ta ’sir qiladi. Murojaatdagi holatlar qonunchilikda aks etadi. Yangi qonunlar 
qabul qilinadi yoki amaldagilarga o‘zgartirish kiritishga olib keladi. Parlament 
palatalarining qo‘shma majlisidagi murojaatlarida Prezident tomonidan shaxsni 
ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarini
253


qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini sudlarga o‘tkazish, moliyaviy va 
ma’muriy jazolarni faqat sud tomonidan tayinlash tizimiga o‘tish haqidagi va 
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi Konsepsiyasida ilgari surilgan 
fikrlar, Prezident tavsiyalari qonunchiligimizga katta o‘zgartirishlar kiritishga 
asos bo‘ladi.
2017-yil 22-dekabrda, 0 ‘zbekiston Prezidenti birinchi m arta o‘zining 
Konstitutsiyaviy vakolatlaridan foydalanib, Oliy Majlisga murojaat bilan chiqdi. 
Unda o‘tgan 2017-yilga har tomonlama, xolisona baho berilib, kelajakdagi 
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy sohaning eng muhim yo‘nalish 
va vazifalari belgilab berildi. Undagi ayrim ko‘rsatma, taklif, mulohazalar 
Konstitutsiya, qonunlarga o‘zgartirish kiritishni, Konstitutsiyada belgilangan 
qoida, prinsiplarni amal qilishini, kuchayishini nazarda tutadi.
Masalan: Parlamentda barcha siyosiy kuchlar uchun teng sharoit yaratish 
maqsadida Qonunchilik palatasidan Ekologik harakat vakillari uchun m axsus 
o‘rin ajratishdan voz kechish vaqti kelganligi haqidagi fikr saylov huquqining 
to‘g ‘ri, teng prinsipini amal kilishini yanada kengroq ta ’minlaydi. Bu masala 
Saylov kodeksida hal qilindi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd qilingan vakolatlari, 
birinchidan, Konstitutsiyada, Konstitutsiyaviy qonunlarda va boshqa qonunlarda 
belgilanganligini; ikkinchidan, bir guruh vakolatlari mustaqil ravishda, boshqa 
hokimiyat tuzilmalarining ishtirokisiz hal qiladigan vakolatlarga egaligini 
(senatorlarni tayinlash, ishonch yorlig‘ini qabul qilish, diplomatik vakolatxonalarga 
vakillar tayinlashni tavsiya qilish, fuqarolikka qabul qilish, siyosiy boshpana 
berish, fuqarolarni mukofotlash va boshqalar); uchinchidan, Prezident hal qilib, 
keyinchalik Oliy Majlisda tasdiqlanadigan vakolatlarga egaligini (vazirliklar, 
davlat qo‘mitalarini tuzish va tugatish, urush holati, favqulodda holatlar e’lon 
qilish, Bosh prokurorni, Hisob palatasi raisini tayinlash, Davlat xavfsizlik xizmati 
raisini tayinlash va vazifasidan ozod etish); to‘rtinchidan, Oliy Majlis yoki uning 
palatalariga taqdim qilish, tavsiya qilish bilan bog‘liq vakolatlarga egaligini 
(Bosh vazir nomzodini taqdim etish, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tarkibini 
taqdim etish, M arkaziy bank boshqaruvi raisi, Senat raisi lavozimlariga nomzod 
taqdim etish); beshinchidan, boshqa hokimiyat tuzilmalari va tashkilotlar 
bilan maslahatlashib yoki ularning taqdimiga ko‘ra hal qiladigan vakolatlarga 
egaligini (Bosh vazir taqdimiga ko‘ra, Vazirlar M ahkam asi a’zolarini tayinlaydi, 
siyosiy partiyalar tavsiyasiga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga taqdim 
etadi, viloyat (Toshkent shahar) hokimlarini Kengashdagi partiya guruhlari 
bilan maslahatlashib taqdim etadi; Oliy Majlisni Konstitutsiyaviy sud bilan 
maslahatlashib tarqatib yuboradi) ko‘ramiz.
Prezident bu vakolatlarni farmon, qaror, farmoyish chiqarish bilan am alga 
oshiradi. Prezidentning Konstitutsiya va qonunlarga zid hujjatlarini 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bekor qilishi mumkin.
254


Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, mamlakat taraqqiyotini belgilovchi shart 
Prezident vakolatlarining ko‘p yoki oz miqdorda belgilanishi emas, Prezidentlar 
qonunlarda belgilangan vakolatlardan mas’uliyat bilan foydalanishidir.
Har bir mamlakatning Prezidenti keng vakolatlarga ega bo‘lishi, ijtimoiy 
hayotning turli jabhalariga samarali ta’sir qilishning keng mexanizmlaridan 
foydalanish bilan birga, albatta, ma’lum burchlarga, mas’uliyatga ham ega.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy va siyosiy maydonda, davlat- 
huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar orasida markaziy figura bo‘lganligi 
uchun uning mas’uliyati, burchi ham o‘z ko‘lami, mohiyati, mazmuniga ko‘ra 
juda ulkandir.
Prezidentning 
mas’uliyati, 
burchining 
muqaddasligi, 
eng 
avvalo, 
ularning Prezident qasamyodi matnida aniq belgilanganida, qasamyod matni 
Konstitutsiyada qoida sifatida mustahkamlab qo‘yilganligida hamda Prezident 
faqat qasamyod qabul qilgandan so‘ng lavozimiga kirishishi mumkinligining 
belgilanishida ham ko‘rinadi.
Har bir mamlakatning Prezidenti qasamyodida shu mamlakatning taraqqiyoti, 
milliy xususiyati, belgilangan ustuvor vazifalari aks etadi.
Prezidentning Konstitutsiyada belgilangan matndagi qasamyodni qabul 
qilishi, uning ushbu lavozimga kirishishiga faqat tantana baxsh etmay, qasamyod 
qabul qilish bilan shu lavozimga munosib hisoblangan shaxs o‘z zimmasiga 
sharafli va o‘ta mas’uliyatli majburiyat (burch)ni oladi.
Turli mamlakatlarda Prezidentni saylash tartibining har xilligi, maqomi 
va vakolatlaridagi farqdan qat’iy nazar, Prezident institutidagi umumiylik, 
Prezident lavozimini xarakterlovchi xususiyat ularning qasamyod qabul qilishi 
va shu orqali tegishli burchga ega bo‘lishidir.
Agar AQSh Konstitutsiyasi toYtinchi asr yuzini ko‘rayotgan eng ko‘hna 
Konstitutsiya ekanligi va unda Prezident qasamyodi belgilanganligini e’tiborga 
olsak, Prezident qasamyodi uzoq davrdan beri Prezidentlikda e’tirof etib 
kelinayotgan qoida ekanligini va bu tajriba boshqa davlatlarda ham qabul 
qilinganligini ko‘ramiz.
H ar bir mamlakatda belgilangan qasamyod matni - mamlakatning asosiy 
strategik yo‘li, ko‘zgusidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyodi Konstitutsiyada quyidagi 
matnda belgilangan:
« 0 ‘zbekiston xalqiga sadoqat 
bilan xizmat 
qilishga, 
respublikaning 
Konstitutsiyasi va qonunlariga q at’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklariga kafolat berishga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman» 
(Konstitutsiyaning 92-moddasi).

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin