Konstitutsiyaning 117-moddasida Prezident saylovi (boshqa vakillik organlari
kabi) uning vakolat muddati tugaydigan yilda, dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining
birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar,
shuningdek, sud
hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi
mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar1. Shuningdek, Konstitutsiyaning bu
moddasida har bir saylovchining bir ovozga ega ekanligi, uning xohish-irodasining
bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 96-moddasida ham Prezident sayloviga
taalluqli holat mavjud. Unga ko‘ra, prezident o‘z vazifasini betobligi tufayli bajara
olmasligi tegishli komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan vaqtda, uch oy ichida
saylov o‘tkazish kerakligi belgilangan.
Konstitutsiyaning bu normalari Prezidentlik vakolat
muddatini, Prezidentlikka
saylanuvchiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni, saylov o‘tkazish muddatini,
saylov huquqi prinsiplarini belgilangan holda prezident saylash tartibi Qonun
bilan belgilanishini ko‘rsatgan.
Bunday qonun - 2019-yil 25-iyundagi Saylov kodeksidir.
Kodeks saylov o‘tkazishning barcha demokratik prinsiplari o‘z o‘rnini topgan,
u xalqaro saylov standartlariga mos keladi.
Kodeks Prezident saylovining umumiy, teng, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishini, saylov, saylov komissiyalari
tomonidan o‘tkazilishi, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish oshkora
o‘tkazilishi, saylovning moliyaviy ta ’minotini, saylov
qonunchiligini buzganlik
uchun javobgarlik masalalarini belgilaydi va saylov jarayonini mukammal
tartibga solish bilan, saylovga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish, natijasini aniqlash,
e’lon qilish masalalarini aniq tartibga soladi.
Prezident saylovi, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasi
boshlanishini Prezident vakolati tugashidan kamida uch oy oldin e’lon qilinishi
bilan boshlanadi.
Undan so‘ng saylov okruglari tuziladi, Prezident
saylovida har bir viloyat,
Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi bir okrug sifatida
belgilanadi va bu haqdagi M arkaziy saylov komissiyasining qarori saylovga
yetmish besh kun qolganda e’lon qilinadi.
Saylovga oltmish kun qolganda kamida 20 nafar, ko‘pi bilan 3000 saylovchi
hisobiga saylovchilar uchastkalari okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Istisno tariqasida, saylovga besh kun qolganda ham saylov uchastkasi tuzilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: