O. T. Husanov konstitutsiyaviy


K onstitutsiyaning 117-moddasida shu masala bo‘yicha o'zgartirish kiritilganligi avvalgi «Saylov



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 K onstitutsiyaning 117-moddasida shu masala bo‘yicha o'zgartirish kiritilganligi avvalgi «Saylov
tizimi* bobining 3-bandida ko‘rsatib o'tilgan.
246


0 ‘zbekistonning 
xorijiy 
davlatlardagi 
vakolatxonalarida 
ham 
saylov 
uchastkasi tuzish, ularni qaysi okrugga biriktirish masalasini Markaziy saylov 
komissiyasi hal qiladi.
Prezidentlikka saylovni Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov 
komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tashkil qiladi. Markaziy saylov 
komissiyasi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muassasa, u Oliy Majlis tomonidan 
tuziladi.
O k ru g saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga 
kamida yetmish kun qolganda rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida 6-8 nafar 
a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga 
kamida qirq kun qolganda 5-19 nafar a’zodan, shu jumladan, rais, rais o‘rinbosari, 
kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 nafargacha a’zodan iborat 
tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Saylov komissiyalarini tuzish tartibi, 
Saylov kodeksining 21-26-moddalarida belgilangan.
Saylov jarayonining eng muhim mas’uliyatli bosqichi Prezidentlikka nomzod 
ko‘rsatish hisoblanadi. Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqiga tegishli 
tartibda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan siyosiy partiyalar ega. Sohada 
islohotlar amalga oshirilgunga qadar nomzod ko‘rsatish huquqiga vakillik 
hokimiyati organlari va bevosita fuqarolar ham (tashabbuskor tashkilotlar orqali) 
ega bo‘lgan. Hozir bunday huquqqa faqat siyosiy partiyalar ega.
Prezidentlik o‘ta muhim, sharafli, mamlakat, xalq taqdirini hal qiluvchi 
lavozim bo‘lganligi uchun Prezident bo‘ladigan shaxslar oldiga m a’lum talablar 
qo‘yiladi. Bu talablar Konstitutsiyaning 90-moddasida, Saylov kodeksining 
61-moddasida belgilab qo‘yilgan.
Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqi, ularni ro‘yxatga olish, uning 
uchun taqdim qilinadigan hujjatlar, nomzod ko‘rsatish tartibi (imzolar to‘plash), 
nomzodlik maqomidan voz kechish yoki nomzodlikdan m ahrum qilish tartiblari
shuningdek, saylovchilarni ro‘yxatga olish va u bilan tanishtirish, ro‘yxatdagi 
kelishmovchiliklarni hal qilish, saylov byulletenlarini tayyorlash, tashviqot- 
t a r g ‘ibot ishlari, kuzatuvchilar faoliyati, ishonchli vakillar faoliyati, nomzodlar 
huquqlarining kafolatlari Saylov kodeksining tegishli moddalarida belgilangan.
Prezident saylovida ham ovoz berish soat 8 dan 20 gacha saylov uchastkalarida 
maxsus jihozlangan xonalarda uchastka saylov komissiyasi a’zolari, kuzatuvchilar 
ishtirokida tashkil qilinadi. Saylov uchastkasiga kelish imkoniyati yo‘qlarga 
turar joyida ovoz berish tashkil qilinadi. Saylov kuni boshqa yerda bo‘Iadiganlar 
uchun avvaldan saylov varaqalari asosida ovoz berishga imkoniyat yaratiladi.
Saylovchi ovoz berish byulletenini olgach, bu haqda ro‘yxatga imzo qo‘yib, 
yashirin ovoz berish kabinasida byulletendagi o‘zi xohlagan nomzod ro‘parasiga 
«+», «V», «х» belgilarini qo‘yadi.
Ovoz berish vaqti tugagach, belgilangan tartibda saylov qutisi ochilib, ovoz 
berish natijasi aniqlanib, bayonnoma tuziladi.
247


O krug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasi bayonnomasi asosida 
natijani aniqlab, bayonnoma tuzib Markaziy saylov komissiyasiga taqdim qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari bayonnomalari 
asosida Respublika bo‘yicha natijani aniqlaydi.
Ovoz berishda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning 33 foizi ishtirok 
etgan bo'lsa, saylov haqiqiy sanaladi.
Saylovda ikkita nomzod ishtirok etib, ovoz berishda ishtirok etgan 
saylovchilarning nisbiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb 
hisoblanadi.
Saylovda ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, nomzodlardan 
birortasi ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining 
ovozini ololmagan bo‘lsa, eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy 
ovoz berish o‘tkaziladi.
A gar qonunda ko‘zda tutilgan sabablar asosida saylovda bitta nomzod 
qolib, saylovda ishtirok etib, saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan 
ko‘pining ovozini olsa, saylangan hisoblanadi.
Takroriy ovoz berish zaruriyati tu g ‘ilsa, takroriy ovoz berish kunini 
M arkaziy saylov komissiyasi saylov o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, 
lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh kun keyin o‘tkaziladigan qilib 
tayinlaydi. Bu haqda OAVda e’lon qilinadi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan 
saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod 
saylangan hisoblanadi. Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etish 
foizi e’tiborga olinmaydi. Qancha saylovchi ishtirok etishidan qat’iy nazar, saylov 
o‘tgan hisoblanadi.
Prezident saylovi o‘tm ag an yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa yoki 
saylovda bitta nomzod ishtirok etib, yetarli ovoz ololmagan bo‘lsa, M arkaziy 
saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Takroriy saylov asosiy saylov 
o‘tganidan so‘n g qirq kun ichida o‘tkaziladi. Takroriy saylov ushbu qonun 
talablari asosida o‘tkaziladi. Takroriy saylovni yangi okrug va uchastka saylov 
komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi haqida Markaziy saylov komissiyasi qaror 
qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovda tuzilgan saylovchilar ro‘yxati 
asosida o‘tkaziladi.
0 ‘zbekiston Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov 
natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis 
palatalarining qo‘shm a yig‘ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o‘z 
lavozimiga kirishadi.
Amaldagi Prezident o‘z vakolatini yangi saylangan Prezident lavozimiga 
kirishguncha bajaradi.
Konstitutsiya va qonunlarimizda Prezidentning vakolatini muddatidan 
avval tugatish hollari ko‘zda tutilm agan. Faqat bir holda, Konstitutsiyaning 
96-moddasida ko‘zda tutilgan holat yuz bersa, Prezident vakolati to‘xtatiladi. 
Unga asosan: « 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vakolatlarini
248


bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch 
oy muddat ichida, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g ‘risida»gi 
Qonunga to‘la muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi». 2016-yil 
sentabrda mamlakat Prezidenti I. Karimov vafoti munosabati bilan shu yili 
dekabr oyida prezident saylovi o‘tkazildi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin