O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

« 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
va 
K onstitutsiyaga
amal q ilish n in g kafili sifatida jam iyatim izda qonun ustuvorligini
ta’m inlashni, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya
qilishni o‘zim nin g nafaqat vazifam, eng avvalo, muqaddas burchim,
deb hisoblaym an»1.
Huquqiy 
d em o k ratik davlatning asosiy 
s h arti 
fuqarolar 
manfaati 
ustuvorligini t a ’minlashdir. Bunga Konstitutsiya, qonunlarga rioya qilish orqali 
erishiladi. B u n in g uchun juda k atta tadbirlar belgilangan va m exan izm lar 
yaratilgan.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 21, 22, 23-bandlaridagi, ya’ni fuqarolarni 
orden, medal va yorliqlar bilan mukofotlash, fuqarolik va siyosiy boshpana 
berish masalalarini hal qilish, amnistiya to‘g ‘risida Senatga taklif kiritish, sudlar 
tomonidan hukm qilinganlarni afv etish vakolatlari ham fuqarolar huquq va 
erkinliklarini ta ’minlashga qaratilgan faoliyatdir.
2. Prezidentning m amlakat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini 
muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir vazifa va vakolatlari.
Bu vazifa hamda vakolatlarga, 
avvalo, Konstitutsiyaning 93-modda 
2-bandiga asosan, shu masalalarga doir qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha 
zaru r choralarni ko‘rish vakolatini kiritish mumkin.
Prezidentning bu sohadagi vakolatlari qatoriga, yuqorida tilga olingan 
93-moddaning 3, 4, 18, 19-bandlarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, 
Konstitutsiyadagi (93-moddaning 20-bandi) Prezident Qurolli Kuchlarning Oliy 
Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, degan qoida ham Prezidentning davlat suvereniteti, 
mustaqilligi, xavfsizligini saqlashda tegishli vakolatga egaligini ko‘rsatadi. 
Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandida ko‘rsatilgan Prezidentning Milliy 
xavfsizlik xizmatini tuzish, uning raisini lavozimiga tayinlash va ozod qilish, 
keyinchalik bu farmonlarni Senat tasd ig‘iga kiritish vakolati uning xavfsizlikni 
ta ’minlashga qaratilgan vakolatlaridan.
3. Prezidentning ichki va tashqi siyosat sohasidagi vakolatlari. Prezident 
xalqaro munosabatlarda xalq nomidan ish olib boradi.
Prezident 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga davlat boshlig‘i 
m am lakat ichki va tashqi siyosatini am alga oshirishning eng muhim masalalari 
yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega.
Xalqaro m uzokaralarda ishtirok etadi, tegishli hujjatlarni imzolaydi, 
m am lakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlar bajarilishini ta ’minlaydi, 
diplomatik va chet ellarning boshqa vakillaridan ishonch yorliqlarini qabul 
qilib oladi; 0 ‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin