O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hokim iyat



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

2-§. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hokim iyat
tizim idagi o‘rni (Prezident maqomi)
Davlatchilik taj'ribasida Prezident lavozimi keng qo‘llaniladi. U larning 
davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni, maqomi har xil. Prezident institutiga xos 
umumiy xususiyatlar bilan birga, bir guruh davlatlarda yoki alohida davlatlarda 
Prezidentlikning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.
Prezidentlikka xos umumiy xususiyatlar ularning respublika shaklidagi 
davlatga xosligi, ularning saylanishi asosida vujudga kelishi bo‘lsa, o‘ziga 
xos xususiyatlari - qanday saylanishi, davlat boshlig'i ekanligi yoki davlat 
va ijro hokimiyati boshlig‘i ekanligi, vakolat muddatining har xilligi, yangi 
vakolatlarning kengligi yoki torligidir.
Prezidentning huquqiy maqomiga uning qaysi yo‘l bilan saylanishi (xalq 
tomonidanmi, vakillik organlari yoki maxsus organlar tomonidanmi), faqat davlat 
boshlig‘i yoki davlat va ijro hokimiyati boshlig‘i ekanligi, davlat boshqaruvning 
prezidentlik, parlamentar, aralash shakllari ta ’sir qiladi va bular Prezidentning 
hokimiyat tizimidagi o‘rnini aniqlashda ham asosiy mezon bo‘ladi.
Umuman, Prezidentning maqomi prezidentlik vakolatining vujudga kelishi 
va tugashi, vakolatlari, vazifasi, huquq va majburiyati (mas’uliyati), faoliyatining 
kafolatlarini belgilaydi. Prezidentning maqomi uning qanday vazifaga (davlat 
boshlig‘i, ijroiya hokimiyati boshlig‘i, hukumat boshlig‘i) egaligiga bog'liq.
0 ‘zbekistonda Prezident instituti (lavozimi) joriy qilinar ekan, u yoki bu 
davlatga o‘xshash uchun harakat qilishga yoki prezidentlik eng yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan davlatlarning tajribasi shundayligicha olinmadi. Yoki Respublika 
prezidentlik respublikasi bo‘ladi yoki parlamentar respublika bo‘ladi, degan 
maqsadlar qo‘yilmadi.
Prezidentlik joriy qilinar ekan, shu lavozimdan foydalanib, mustaqillikka 
erishish, uni saqlash, boshqa davlatlar bilan kelisha oladigan davlat qurish, insonni 
en g oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish va shu maqsadlar yo‘lida mamlakatdagi 
ba’zi kuchlarni birlashtira oladigan, iqtisodiy bozor munosabatining tamoyillari 
asosida qura oladigan vosita sifatida Prezidentlik tanlandi.
Shuning uchun ham mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki davrlarida -
prezidentlik o‘rnatilganda, Konstitutsiya qabul qilinganda Prezidentga keng 
vakolatlar va shu vakolatlarni ta ’minlay oladigan darajada huquqlar berildi. 
Shuning uchun ham Prezident davlatimiz taraqqiyotining dastlabki bosqichida 
ham davlat boshlig‘i, ham ijroiya hokimiyat boshlig‘i va bir vaqtning o‘zida 
Vazirlar M ahkam asining raisi vazifalarini bajardi. Prezident qo‘lida dastlabki 
davrlarda juda katta kuch, vakolat to‘plandi.
E’tirof etish mumkinki, Prezident o‘ziga berilgan bu vakolatlardan, 
imkoniyatlardan to‘g ‘ri, ijodkorlik yo‘lida foydalandi. Boshqacha qilib aytganda, 
242


davlatimiz rivojlanishining dastlabki bosqichlarida 0 ‘zbekistonda prezidentlik 
respublikasiga xos xususiyatlar ko‘proq edi va yaqqolroq namoyon bo‘ldi.
2000-yillarga kelib ko‘plab masalalar hal bo‘ldi. Siyosiy partiyalar shakllandi, 
xalqning ongi, madaniyati, qarashlari o‘sdi, turmush tarzi ijobiy tomonga 
o‘zgardi, farovonlik rivojlanib bordi. Hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik 
o‘rnatildi. 
Bular endi demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishni 
taqozo etdi. Natijada, Prezident zimmasidan ba’zi vazifalar olinishi uchun 
sharoit yaratildi. Avvalgi bandda aytilganidek, avval Prezident bir vaqtning 
o‘zida Vazirlar M ahkam asining Raisi bo‘lishi qoidasi bekor bo‘ldi. Keyinchalik 
Prezidentning ijro hokimiyatining boshlig‘i vazifasi bekor bo‘lib, u faqat davlat 
boshlig‘i hisoblandi. Prezidentning ayrim vakolatlari Senatga o‘tkazildi. Vazirlar 
M ahkam asi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qaror qabul qilish huquqi 
yo‘q bo‘ldi. Bundan tashqari, Prezident Bosh vazir nomzodini Oliy Majlis 
palatalariga to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yoki o‘zi mustaqil taqdim qilmay, saylovlarda 
ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tavsiya qilgan nomzodni Oliy Majlisga 
taqdim qiladigan bo‘ldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar 
fraksiyalarining talabi bilan, Bosh vazirni lavozimdan ozod qilish masalalarini, 
viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari talabi 
bilan hokimlarni vakolat muddatidan avval lavozimdan ozod qilish masalasini 
hal qilish va nihoyat Qonunchilik palatasi deputatlari tashabbusi bilan Bosh 
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi belgilangan tartibda amalga oshirilganda, 
Bosh vazirni iste’foga chiqarish kabi Prezidentning vakolatlari vujudga keldi. 
Bularning hammasi Prezidentning maqomi demokratlashib borayotganligini, 
Prezident boshqa siyosiy tuzilmalarning fikri bilan kelishgan holda faoliyat 
yuritishini ko‘rsatadi.
2007-yil 
il-apreldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g ‘risidagi 
Qonunga asosan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilib, uning 89-moddasi 
quyidagi tahrirda bayon qilindi: « 0 ‘zbekiston Republikasining Prezidenti davlat 
boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini 
hamda hamkorligini ta ’minlaydi». Bu norma 0 ‘zbekiston Prezidentining davlat 
hokimiyati tizimidagi o‘rnini, asosini, Prezidentning maqomini va eng asosiy 
vazifasini belgiladi.
Shunga asosan, Prezident har qanday davlat hokimiyati tarmoqlaridan xoli, 
ularning birortasi tarkibiga kirmaydi, shunday ekan, hokimiyatning bo‘linishi 
prinsipi unga ta ’sir qilmaydi, lekin shu prinsipning amal qilishini ta ’minlaydi.
0 ‘zbekiston Prezidenti faqat davlat boshlig‘i qilib belgilangan, lekin uning 
huquqida shu maqomdagi boshqa davlat prezidentlaridan katta farq ham mavjud.
Prezident ijro hokimiyatiga boshchilik qilmasligi va faqat davlat boshlig‘i 
maqomida bo‘lishi aslida, parlamentar respublikaga xos xususiyat va ularda 
prezident parlament tomonidan yoki maxsus chaqirilgan organ tomonidan 
saylanadi.


0 ‘zbekiston Prezidenti faqat davlat boshlig‘i maqomiga ega bo‘lib, 
Konstitutsiyada unga keng vakolatlar berilgan, u siyosiy hayotda (amaliyotda) 
ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 0 ‘zbekistonda Prezident hokimiyati mustaqil, 
u parlament tomonidan nazorat qilinmaydi, parlament oldida m as’ulligi yo‘q. 
Prezident amaliyotda barcha hokimiyat tarmoqlaridan ustun turadi. Buning 
eng asosiy sabablaridan biri shundaki, 0 ‘zbekiston Prezidenti xalq tomonidan 
saylanadi va xalqdan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri vakolat oladi.
Prezident barcha hokimiyat tarmoqlaridan ustun, degan fikr quyidagilar 
bilan isbotlanadi.
Prezident davlat hokimiyat organlariningkelishilgan holda faoliyat yuritishini 
hamda hamkorligini ta’minlash bilan cheklanmaydi. 0 ‘zbekiston Prezidenti 
qonunchilik, ijro, sud organlarini tashkil bo‘lishiga, faoliyatiga turli yo‘llar bilan 
ta ’sir qiladi.
Qonunchilik 
hokimiyati 
-
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
shakllanishiga, Senatning bir qismi (16 ta senatorni)ni tayinlash va Senat raisi 
nomzodini taqdim etish bilan ta’sir qilsa, Prezidentning Konstitutsiya qonunlarida 
ko‘zda tutilgan hollarda, Oliy Majlis faoliyatini, uning palatalarini tarqatib yuborish 
bilan to‘xtatish vakolatining mavjudligi Prezidentning Qonunchilik hokimiyatiga 
nisbatan ustuvor mavqeini ko‘rsatadi. Prezident vakillik hokimiyati hisoblanuvchi 
viloyat, Toshkent shahar, kengashlarini ham tarqatib yuborishi mumkin.
0 ‘zbekiston 
Prezidenti 
Vazirlar M ahkamasini 
shakllantirish, 
viloyat 
hokimlarini (Toshkent shahar hokimini ham) qonunga asosan tayinlash, 
lavozimidan ozod qilish, Vazirlar M ahkam asi tarkibini har qanday vaqtda 
o‘zgartirish, Vazirlar M ahkam asi va viloyat hokimlarining qarorlarini bekor qilish 
orqali ijro hokimiyati faoliyatiga ta ’sir o‘tkazadi va bu yerda ham Prezidentning 
ijro hokimiyatiga nisbatan ustuvor maqomini ko‘ramiz.
Prezident sudlov ishlariga aralashm agan holda barcha sud tarmoqlarini 
tashkil qilishda ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 19-bandiga muvofiq, 
Oliy Majlis Senatiga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tarkibiga, shuningdek, 
Respublika Sudyalar oliy kengashining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim 
etadi. Shu moddaning 14-bandiga asosan, Sudyalar oliy kengashining taqdimiga 
binoan viloyatlar, Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, 
Respublika harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi. Sudyalar oliy 
kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi. Shuningdek, Sudyalar oliy 
kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan sudyalar bo‘yicha rozilik beradi. 
Bundan tashqari, Prezidentda sud tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish 
huquqi ham mavjud.
Bulardan tashqari, Prezident 0 ‘zbekistonda faoliyat yuritadigan, lekin 
biror-bir hokimiyat tizimiga kirmaydigan m u assasalar rahbarlarini lavozimga 
tayinlashda ishtirok etadi. M asalan, M arkaziy bank boshqaruvi raisi, Bosh 
prokuror, Hisob palatasi raisi, Davlat xavfsizlik xizmati raisi. Yuqoridagi fikrlar 
0 ‘zbekiston Respublikasida boshqaruvning aralash shakli mavjudligini, u
244


kuchli prezident hokimiyatiga asoslanganligini ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda 
Prezidentga yetarli vakolatlar berilgan.
Konstitutsiyaning 
94-moddasiga 
asosan, 
0 ‘zbekiston 
Prezidenti 
respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boMgan farmonlar, qarorlar 
va farmoyishlar chiqaradi. Bu ham Prezidentning huquqiy maqomini ko‘rsatuvchi 
omillardan. Prezidentning 0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni 
hisoblanishi va Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini tayinlash, vazifasidan 
ozod qilishi ham uning maqomini xarakterlovchi omillardandir.
Prezident maqomi deganda, unga yuklatilgan vazifalar, ularni bajarish uchun 
zarur vakolatlar va shu vakolatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi huquqlar 
hamda Prezidentning m as’uliyati, uning faoliyatining kafolatlari yig‘indisi 
asosidagi prezidentlik huquqiy holati tushuniladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin