biri 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendum va uning asosida 2003-yil
24-aprelda qabul qilingan qonun bo‘ldi. Shular asosida Konstitutsiyaga kiritilgan
o‘zgartirishlar tufayli Oliy Majlis ikki palatali tuzilishda tashkil qilinadigan bo‘ldi.
Prezidentning vakolati besh yildan yetti yilga o‘zgartirildi. Prezidentning ayrim
vakolatlari Oliy Majlis Senatiga o‘tkazildi va Konstitutsiyadan Prezidentning
Vazirlar M ahkamasi Raisi haqidagi qoida chiqarildi.
Bularning barchasi demokratlashtirishning amaliy ifodasi edi.
2007-yil 11-aprelda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g ‘risida»gi Qonun va Konstitutsiyaning 89-moddasi, 93-moddasining 15-bandi,
102-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirishlar Prezidentning maqomiga
ham sezilarli ta’sir qildi. 0 ‘zgartirishlar asosida Prezidentning ijro hokimiyatiga
boshchilik qilishi bekor bo‘lib, Prezident davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi,
degan qoida kiritildi. Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan qonunga asosan,
Prezident Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga Qonunchilik palatasidagi siyosiy
partiya guruhlari bilan maslahatlashib, viloyat (tuman, shahar) hokimlarini viloyat
Kengashlariga tasdiqlash uchun viloyat (tuman, shahar) kengashidagi partiya
guruhlari bilan maslahatlashib taqdim qilish tartibi o'rnatildi.
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi» mavzusida qilgan m a’ruzasida I.A. Karimov davlat hokimiyati
va boshqaruvini demokratlashtirish masalalariga to‘xtalib:
Dostları ilə paylaş: