1 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: «O'zbekiston», 2010. 39-bet.
227
Nomzodlar 0 ‘zbekiston Bosh prokurori (tegishli prokurorlar) roziligi
bilangina jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi va ularga nisbatan sud
tartibida boshqa m a’muriy jazolar qo‘llanilishi mumkin.
Oltinchi. Saylovchilar ro‘yxatini tuzish va saylov byulletenlarini rasmiylashtirish.
Saylovchilar ro‘yxati - uni tuzish, ro‘yxat bilan saylovchilarni tanishtirish,
ro‘yxat yuzasidan kelishmovchiliklarni hal qilish munosabatlarini keltirib
chiqaradi. Saylovchilar ro‘yxati - ovoz berish imkoniyatini beruvchi hujjat.
Saylovchilar ro‘yxati saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi
tomonidan tuziladi.
Tuman, shahar hokimlari saylovchilarni hisobga olishni ta ’minlaydi,
ro‘yxat tuzishga jamoatchilik vakillari jalb qilinishi mumkin. Harbiy qismlarda
saylovchilarning
ro‘yxati
qism
qo‘mondonligi
taqdimi
bilan,
xorijdagi
vakolatxonalarda, so g ‘liqni saqlash, dam olish muassasalarida, ozodlikdan
m ah ru m qilish joylarida jazo o‘tayotgan saylovchilar ro‘yxati tashkilot rahbarlari
taqdim etgan m a’lumotlar bo‘yicha tuziladi.
Saylov kodeksida saylovchilarni yagona elektron ro‘yxati kiritilishi belgilab
qo'yildi. (28-modda)
Saylov kuniga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda
m azkur saylov uchastkasida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar
ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxat uchastka saylov komissiyasi raisi va kotibi tomonidan
imzolanadi. Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi,
tu g ‘ilgan sanasi va manzili aks ettiriladi.
Ro‘yxat saylovga o‘n besh kun qolganda, kasalxona, dam olish uylari va
boshqa uzoq joylarda o‘n kun qolganda tanishish uchun saylov uchastkasida
osib qo‘yiladi.
Saylovchilar ro‘yxat bilan M arkaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti
orqali ham tanishishi mumkin.
Ro‘yxat xususida shikoyat uchastka saylov komissiyasiga beriladi, shikoyat
24 soat ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Komissiya xatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilish ko‘rsatilgan. Prezident
saylovi to‘g ‘risidagi qonunda sudga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat
qilinishi, sud shikoyati ikki kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Saylovchilar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish saylovga o‘n kun qolganda to‘xtatiladi.
Saylov jarayonida saylov byulletenlarini tayyorlash, yetkazib berish va
rasmiylashtirish alohida bir tadbir deb qaraladi.
Saylov byulleteniga nomzodlar familiyasi, otasining ismi alifbo tartibida
kiritilib, uning tu g ‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi, nomzodlikka ko‘rsatgan
siyosiy partiya ko‘rsatiladi. Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi ham
ko‘rsatiladi.
Byulletenlar davlat tili, okrug saylov komissiyasining, viloyat, tuman, shahar
kengashiga saylovda shu hududlar uchun saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasining
qarori bilan okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlaydigan tilda nashr qilinadi.
2 2 8
Saylov byulletenlari saylovga kamida uch kun qolganda uchastka saylov
komissiyasiga yetkazib beriladi. Olingan byulletenlar soni ro‘yxatga kiritilgan
saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Byulletenning
o‘n g tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi
imzo qo‘yadi, imzolar komissiya muhri bilan tasdiqlanadi. Shunday usulda
rasmiylashtirilmagan byulletenlar sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Yettinchi. Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash - har qanday saylov
jarayonining muhim bosqichi.
Ovoz berish alohida jihozlangan, saylovchilar uchun qulay, yashirin ovoz
berishni ta ’minlaydigan darajada shakllantirilgan binolarda o‘tkaziladi. Ularda
yetarli miqdorda yashirin ovoz berish kabinalari bo‘lib, ovoz berishga ulardan
o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi.
Ovoz berish belgilangan kunda soat 8 dan 20 gacha o'tkaziladi. Ovoz berish
joyi, vaqti to‘g ‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida o‘n kun
qolganda saylovchilarni ogohlantiradi.
Xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarda, harbiy qismlarda, sanatoriy va dam
olish uylarida, kasalxonalarda, borish qiyin bo‘lgan yerlarda tuzilgan saylov
uchastkalarida ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa,
uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon
qilishi mumkin.
Saylov kuni ovoz berish binosida uchastka saylov komissiyasi a’zolarining
uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda ochiladi. Komissiya raisi a’zolar hozirligida
saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlari va saylovchilar ro‘yxatini komissiya
a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi va ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi.
Ovoz beruvchi shaxs binoga kelib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatib,
saylov byulletenini oladi va ro‘yxatga u haqda imzo qo‘yadi. Biror bir sabab
bilan saylovchi ro‘yxatga kiritilmagan bo‘lsa, u hujjati asosida ro‘yxat ilovasiga
kiritiladi.
Saylovchi byulletenni yashirin ovoz berish kabinasida to‘ldiradi. Saylov
byulleteni to‘ldirilayotgan vaqtda uning oldida hech kim bo‘lmasligi kerak.
Saylovchi o‘zi xohlagan nomzod familiyasi ro‘parasiga «+», «V» yoki «х» belgisini
qo‘yish bilan ovoz beradi va byulletenni qutiga tashlaydi.
Saylov kuni yashash joyida bo‘lmagan saylovchi, sababi koYsatilgan ariza
bilan muddatdan avval ovoz berish saylovdan o‘n kun oldin boshlanib, o‘n kun
qolganda to‘xtatiladi. Saylovchi shu muddatda ro‘yxat asosida byulliten olib, uni
toldirib konvertga solib saylov komissiyasiga keltiradi.
Saylovchi uzrli sabab bilan (kasallik) uchastkaga kela olmasa, uning turar
joyida ovoz berish tashkil qilinadi.
Sakkizinchi. Saylov natijalarini aniqlash.
Saylov natijasini aniqlash uchastkalarida ovozlarni sanab chiqish bilan
boshlanadi. U uchastka saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ovoz berish tugaganligi e’lon qilingach, saylov komissiyasi a’zolari hozirligida
229
varaqalar solingan konvertlar qutilarga tashlanadi, foydalanilmagan byulletenlar
sanab chiqilib bekor qilinadi va quti ochiladi.
Komissiya saylovchilarning umumiy soni va byulleten olganlar sonini
aniqlab, har bir nomzodga berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Uchastka saylov komissiyasi:
- ovoz berishda ishtirok etganlarning umumiy sonini;
- har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- haqiqiy em as deb topilgan byulleten va varaqalar sonini aniqlaydi.
Ovozlarni sanab chiqishda siyosiy partiyaning vakolatli vakili, kuzatuvchilar
ishtirok etishi mumkin.
O krugda saylov natijalari uchastka saylov komissiyasi taqdim etgan
bayonnoma asosida aniqlanadi. O krug saylov komissiyasi:
- okrugdagi saylovchilarning umumiy sonini;
- saylov byulleteni va varaqalarni olganlar sonini;
- ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
- har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- haqiqiy em as deb topilgan byulleten va varaqalar sonini aniqlaydi.
Bular bayonnomada ko‘rsatiladi va u rais, o‘rinbosar, kotib hamda barcha
a’zolar tomonidan imzolanadi hamda tegishlicha, M arkaziy saylov komissiyasiga
yoki viloyat, tum an, shahar saylov komissiyalariga yuboriladi.
Qonunchilik palatasiga saylovlarda ham Markaziy saylov komissiyasi okrug
saylov komissiyasi bayonnomasi asosida Prezident saylovidagi kabi ishlarni
bajaradi, faqat u yerda deputatning saylanishiga bir okrugdagi natija ta ’sir qiladi.
O k ru g bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pining
ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Saylov okruglari yoki ayrim uchastkalarda saylov natijalariga ta ’sir qiluvchi
qonun buzilish holiari uchrasa, M arkaziy saylov komissiyasi shu joyda saylovni
haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunday qaror chiqqan kundan e’tiboran o‘n
kun ichida Prezidentlikka nomzod, deputatlikka nomzod Respublika Oliy sudiga
shikoyat qilishi mumkin.
M arkaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzadi.
Mahalliy Kengashga saylovning yashirin natijalari tegishlicha viloyat, tum an
va shahar saylov komissiyalarida aniqlanadi.
M azkur komissiyalar okrug saylov komissiyalarining bayonnomasi asosida
Markaziy saylov komissiyasi qilgan ishlarni amalga oshiradi va bayonnoma tuziladi.
Barcha saylovlarda ham saylovni o‘tgan deb topish, haqiqiy deb topish uchun
ro‘yxatga olingan saylovchilarning kamida o‘ttiz uch foizi ishtirok etgan bo‘lishi
kerak.
Saylov jarayonida takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov o‘tkazilishi
mumkinligi e’tiborga olingan.
Takroriy ovoz berish saylovda nomzodlar ikkitadan ortiq bo‘lib, ularning
birortasi ham ovoz berishda ishtirok etg anlarning yarmidan ko‘pining ovozini
230
ololmagan bo‘lsa, eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod bo‘yicha ikki hafta ichida
o‘tkaziladi. Takroriy saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning
nisbatan ko‘proq ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi va bu saylovda
saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi.
Takroriy saylov quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- saylov o‘tm agan yoki haqiqiy emas deb topilsa;
- nomzodlar bitta bo‘lib, u zarur miqdordagi ovozni to‘play olmagan bo‘lsa;
- deputat saylovida saylov okrugida saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas
deb topilgan bo‘lsa, agar takroriy ovoz berish deputat saylanganligini aniqlash
imkoniyatini bermasa; okrug bo‘yicha ikki nomzod ovozga qo‘yilib, ulardan
birortasi ham yetarli ovoz ololmagan bo‘lsa.
Qonunchilik palatasiga va mahalliy Kengashlarga saylovda takroriy ovoz
berish va takroriy saylov tegishli okruglarda o‘tkaziladi. Takroriy saylov
o‘tkazish avvalgi saylov komissiyalariga topshirilishi yoki yangi komissiya tuzib
o‘tkazilishi mumkin. Takroriy saylov kechi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Bunda
barcha saylov jarayonidagi tadbirlar qayta o‘tkaziladi.
Umumiy saylov jarayonining yana bir bosqichi (tadbiri) - deputatlarni
ro‘yxatga olish hamda saylov yakunlarini e’lon qilishdir.
Saylov jarayonining oxirgi bosqichi - saylov yakunlarini e’lon qilish hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarini Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olib,
bu haqida deputatlarni xabardor qiladi. Deputatlar Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan ro‘yxatga olinishi bilan deputatlik maqomiga ega bo‘ladi. Markaziy
saylov komissiyasi saylov yakunlari to‘g ‘risidagi axborotni, deputatlar ro‘yxati va
ular haqidagi ma’lumotni o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.
Viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari tegishli viloyat, tum an va
shahar saylov komissiyalari tomonidan ro‘yxatga olinib, m a’lumot ommaviy
axborot vositalarida shu komissiyalar tomonidan e’lon qilinadi.
Nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar organlari-, nomzodlar, ishonchli vakillar,
kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu
qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |