Vakillik organlarining vakolat muddati besh yil qilib belgilangan. Shu
muddatning o‘tishi yangi saylov o‘tkazishga sabab bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 117-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
viloyatlar, tumanlar,
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning
konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - oktabr oyi uchinchi o‘n
kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi», - deb belgilangan. Bunday
saylov o‘tkazish muddatining avvaldan aniq belgilanishi saylovlarning har
doim bir vaqtda, oldinga, orqaga
surish imkoniyatini cheklab, barqaror o‘tishini
ta ’minlaydi, bunday tartib dunyodagi ko‘plab mamlakatlar tajribasida uchraydi.
Z aruratga qarab o‘tkaziladigan saylovlar deputatlik o‘rni bo‘shab qolgan
vaqtlarda o‘tkaziladigan saylovlardir. Ular besh yil mobaynida har qanday vaqtda
o‘tkazilishi mumkin, faqat vakillik organining vakolat muddati tugashiga olti oy
qolganda, bo‘shab qolgan joylarga saylov o‘tkazilmasligi mumkin.
Navbatdan tashqari saylovlar Konstitutsiyaning 96-moddasida ko‘zda
tutilgan, ya’ni, Prezident betobligi tufayli o‘z vazifasini bajara olmagan taqdirda,
Konstitutsiyaning 95-moddasidagi holatlar mavjud bo‘lib, Oliy Majlis palatalari
tarqatib yuborilganda o‘tkaziladi. Bunday saylovlar uch oy mobaynida o‘tkazilishi
belgilangan. 0 ‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.
Karimov vafoti munosabati
bilan 2016-yil 4-dekabrda navbatdan tashqari Prezident saylovi o‘tkazilgan.
Konstitutsiyamizda Oliy Majlis palatalarini muddatdan avval tarqatib
yuborish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shunday holatda ham navbatdan tashqari saylov
o‘tkazish mumkin.
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada dem okratlashtirish hamda
m am lak atn i modernizatsiya qilishda siyosiy p artiy alarn ing rolini kuchaytirish
to ‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy Q o n un n in g 6-moddasiga asosan, viloyatlar
va Toshkent s h ah ar hokimlari lavozimi ko‘rsatilgan
nomzodlarni tegishli
K engashlar uch m a rta rad etsa, Prezident Kengashni tarqatib yuborish
huquqiga ega. Bunda ham saylov uch oy muddat ichida navbatdan tashqari
saylov o‘tkaziladi.
Prezident
saylovi,
vakillik
organlariga
saylov,
saylov
kampaniyasi
boshlanganligini e’lon qilish orqali boshlanadi. «Markaziy saylov komissiyasi
to‘g ‘risida»gi hamda vakillik organlariga saylov to‘g ‘risidagi qonunlarda saylov
kampaniyasining boshlanganligini e’lon qilish
vakolati Markaziy saylov
komissiyasiga berilgan.
Saylov kampaniyasi boshlanganligi tegishli organlarning vakolat muddati
tugashidan kamida uch oy oldin e’lon qilinadi. Bu saylov jarayonlarining
boshlanishi hisoblanadi.
Shuningdek, saylov tayinlash yo‘li bilan ham o‘tkaziladi, jumladan, takroriy
ovoz berish, takroriy saylov yoki o‘rni bo‘shab qolgan okruglarda saylov o‘tkazish,
uning kuni, vaqti haqida qaror qabul qilinadi.
223
Qonunchilik palatasiga takroriy ovoz berish haqida okrug saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasini xabardor qiladi va ikki
haftalik muddatda takroriy
ovoz berish o‘tkaziladi.
Takroriy saylov bir oy muddatda Markaziy saylov komissiyasi topshirig‘iga
binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bo‘shab qolgan
o‘rinlarga saylov M arkaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazishga bir
oy qolganda tayinlanadi.
Mahalliy Kengashlarga takroriy ovoz berish, takroriy saylov yuqoridagi
muddatlarda okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bo‘shab qolgan
o‘rinlarga saylov esa, tegishli xalq deputatlari Kengashlari
tomonidan saylov
o‘tkazilishiga kechi bilan bir oy qolganda tayinlanadi. Aslida, bu ish tegishli
kengashlarga saylov o‘tkazuvchi komissiya zimmasiga yuklansa, to‘g ‘ri bo‘lar
edi.
Dostları ilə paylaş: