O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Saylov jarayoni va unda ishtirok etuvchi subyektlar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. Saylov jarayoni va unda ishtirok etuvchi subyektlar
Saylov, ya’ni hokimiyatining vakillik organlarini shakllantirish tartibi 
siyosiy-huquqiy mexanizm shaklida namoyon bo‘lib, bunday mexanizmni bir 
vaqtda saylov huquqi va saylov jarayoni tashkil etadi. Bunda saylov huquqi, 
bir tomondan, saylangan vakillarning hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lishlariga 
tegishli bo‘lib, jamiyat va davlat faoliyatining ayrim jihatlarini batafsil ifoda 
etsa; ikkinchi tomondan, saylov jarayoni unda subyektiv siyosiy huquqni amalga 
oshirishning shakli sifatida saylovchilarning hokimiyatni amalga oshirishdagi 
ishtiroki texnologiyasini aks ettiradi.
Demokratik saylov jarayoni - bu mamlakatda o‘rnatilgan siyosiy jarayon va 
rejimning bir qismi bo‘lib, u fuqarolar saylov huquqlari amalga oshirilishining
2 1 8


ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini tashkil etuvchi demokratik 
institutlar rivojlanishining umumiy shartlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bundan 
tashqari, saylov kampaniyasini boshlashdan oldin bir qancha muhim harakat 
va protseduralar amalga oshirilishi talab etiladi. Ularga ko‘ra, saylov jarayoni 
nafaqat ovoz berishni tashkillashtirishning yuridik texnikasi bo‘lib, balki u 
hokimiyatning siyosiy barqarorligi va uzluksizligi, xalqchilligi va qonuniyligini 
ta ’minlovchi muhim huquqiy institut sifatida namoyon bo‘ladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida saylov jarayoni har qanday mamlakatlardagi 
kabi bir-birini to‘ldirib va almashtirib boruvchi bir qancha bosqichlardan iborat. 
Bunda saylov jarayonining bosqichlari deganda, saylovlarni tashkil etish va 
o‘tkazish uchun belgilangan davrlar tushuniladi. Ular doirasida qonunlarda 
ko‘zda tutilgan saylov harakatlari, shuningdek, saylovchilar va saylovning 
boshqa ishtirokchilari huquqlari amalga oshirilishini ta’minlovchi saylov tartib- 
taomillari amalga oshirib boriladi.
Odatda, har qanday saylov jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil 
topadi: birinchi, saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish yoki saylovlarni 
tayinlash; ikkinchi, saylov okruglari va saylov uchastkalarini tuzish; uchinchi, 
saylov komissiyalarini tuzish; to‘rtinchisi, nomzodlar ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga 
olish; beshinchi, saylovoldi tashviqoti; oltinchi, saylovchilar ro‘yxatini tuzish; 
yettinchi, ovoz berishni tashkil etish va saylov natijalarini aniqlash; sakkizinchi, 
saylov yakunlarini e’lon qilish va deputatlarni, senatorlarni, Prezidentni 
ro‘yxatga olish. Zarurat t u g ‘ilsa, takroriy ovoz berish hamda takroriy saylov 
o‘tkaziladi. Bular qo‘shimcha bosqichlardir. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar 
saylovlarini, navbatdan tashqari yangi saylovlarni o‘tkazish kabi jarayonlar har 
qanday m amlakatlarning saylov tizimida mavjud bo‘ladi.
Saylov jarayoniga oid bosqichlarning funksional vazifasi xilma-xil saylov 
harakatlari va tadbirlarni amalga oshirishda vaqt jihatdan ketma-ketlik va 
mantiqan bosqichma-bosqichlikni ta ’minlashdan iborat. Ular saylovlarni va 
tegishli saylanuvchi shaxslarning saylanishida legitimlik jihatlarini belgilashga 
ko‘maklashadi.
Saylov jarayonida jarayon ishtirokchilari - subyektlarni aniqlash zarur.
Saylov jarayoni subyektlari bu saylovni turli bosqich va tadbirlarida ishtirok 
etadigan va o‘zlarining alohida vazifasi va o‘rni mavjud ishtirokchilardir.
Saylov jarayoni subyektlari quyidagilardan iborat.
1. 
Fuqarolar. Fuqarolar saylovlar jarayonining deyarli barcha bosqichlarida 
ishtirok etadi. Ular saylov jarayonida bevosita o‘zlari yoki tegishli tuzilmalar, 
organlar faoliyati orqali ishtirok etadi. Boshqa barcha saylov jarayonining 
subyektlari faoliyatida fuqarolar ishtirok etadi. Faqat u yerda fuqaro sifatida emas, 
tegishli tuzilma a’zosi, xizmatchi sifatida. Fuqarolar saylov jarayonining tashviqot- 
ta rg ‘ibot ishlarida, saylovoldi yig‘ilishlarida, siyosiy partiyalar, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida, turli saylov komissiyalari tarkibida 
a’zo bo‘lib, ishonchli vakillar bo‘Iib, kuzatuvchilar tarkibida qatnashib, vakolatli
219


vakil sifatida qatnashib, ovoz berishda ishtirok etib, saylov jarayonining subyekti 
sifatida bevosita ishtirok etadi.
Ommaviy axborot vositalarida, turli davlat organlarida ishtirok etish 
fuqarolarning saylov jarayonida bilvosita ishtirokini ko‘rsatadi.
2. 
Saylov komissiyalari. Vakillik organlariga saylov, Prezidentlikka saylov 
jarayonida saylov komissiyalari alohida rol o‘ynaydi. Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasi va Prezidentlikka saylovda M arkaziy saylov komissiyasi, okrug saylov 
komissiyasi, uchastka saylov komissiyalari tuzilsa, xalq deputatlari Kengashlariga 
saylovda tegishli Kengashga (viloyatga, shaharga, tum anga) saylov o‘tkazuvchi 
saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi 
tuziladi.
Saylov jarayoni subyektlari tizimida M arkaziy saylov komissiyasi alohida 
o‘ringa ega. 
2014-yil aprelda 
Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va 
qo‘shimchaga asosan, M arkaziy saylov komissiyasini tashkil qilish, faoliyati 
prinsiplari konstitutsiyaviy darajada belgilandi. Unga asosan:
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi referendumini 
tashkil etish va o‘tkazish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari: mustaqiliik, qonuniylik, kollegiallik, 
oshkoralik, adolatlilikdan iborat bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy 
saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda am alga oshiradi va o‘z faoliyatida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, 0 ‘zbekiston Respublikasining 
saylov to ‘g ‘risidagi hamda referendum to‘g ‘risidagi qonunlarga va boshqa 
qonunlarga amal qiladi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
saylov 
komissiyasining 
a’zolari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo ‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari, viloyatlar 
va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya 
a’zolari orasidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha 
komissiya majlisida saylanadi» (Konstitutsiyaning 117-moddasi).
O krug saylov komissiyasi M arkaziy saylov komissiyasi tomonidan, uchastka 
saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. O krug va 
uchastka saylov komissiyalari saylov natijalari e’lon qilinib, deputatlar ro‘yxatga 
olingach faoliyatini tugatadi.
M ahalliy K engashlarga saylovlarda viloyat, tu m a n , sh a h a r Kengashiga 
saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi tegishli Kengash tom onidan tuzilib, 
keyingi saylov kam paniyasi e ’lon q ilin g u n g a qadar faoliyat ko‘rsatadi. 
O k ru g saylov komissiyasi tegishli K engashga saylov o‘tkazuvchi komissiya 
tomonidan, u chastka saylov komissiyasi esa, o k ru g saylov komissiyasi 
tomonidan tuzilib, saylov natijalari e’lon qilinib, d epu tatla r ro‘y x atg a olingach, 
o‘z faoliyatlarini tugatadi.
220


M arkaziy saylov komissiyasining faoliyati 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi va 
Saylov kodeksi bilan tartibga solinadi.
3. Siyosiy partiyalar va harakatlar. Siyosiy partiyalar vakillik organlariga 
saylovda nomzod ko‘rsatish huquqiga ega subyektdir. Qonunchilik palatasi 
deputatligiga nomzod va Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqi faqat siyosiy 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin