O. T. Husanov konstitutsiyaviy


organlariga saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

organlariga saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi
m illiy davlatchiligim iz m od elin in g asosini tashkil etadi»2.
1 M irziyoyev Sh. Xalqim izning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan en g oliy bahodir. Т.:
♦ 0 ‘zbekiston*, 2018. 1-tom, 96-bet.
л
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 2010, 35-bet.
212


Bu bilan erkin saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi tizimida, 
davlatchiligimizda muhim rol o‘ynashi e’tirof etildi va saylov huquqi ahamiyatiga 
oqilona baho berildi.
Saylov huquqi bilan fuqarolarni ta ’minlash faqat milliy qonunchiligimizda 
belgilangan bolibgina qolmay, saylov huquqining ahamiyati xalqaro hujjatlarda 
ham qayd qilingan, jumladan, «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»ning 
21-moddasida: «Har bir inson bevosita yoki erkinlik bilan saylangan vakillari 
vositasida o‘z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir», - deb 
belgilab qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida: « 0 ‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylanish 
huquqiga egadirlar», - deb belgilangan.
Fuqarolarning saylov huquqi - saylash va saylanish huquqidan iborat. Shu 
ikkala huquqqa to‘la ega bo‘lgandagina saylov huquqi amalga oshgan hisoblanadi.
Yuridik adabiyotlarda fuqarolarning saylash huquqini aktiv saylov huquqi, 
saylanish huquqi esa, passiv saylov huquqi deb yuritiladi. Ularga ega bo‘lishda 
ba’zi talablar qo‘yiladi.
Saylash huquqiga m a’lum yoshga yetgan mamlakatning barcha fuqarolari 
ega bo‘ladi. Konstitutsiyaga binoan sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb 
topilgan, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan m ahrum etish joylarida 
saqlanayotgan fuqarolar saylash huquqiga ega emas. Chunki muomalaga 
layoqatsizlar aqliy tomondan ojiz, ongsiz kishilar bo‘lib, ular o‘z xatti-harakatining 
oqibatini anglay olmaydi, tushunmaydi. 0 ‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanib, 
ozodlikdan m ahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi m a’lum 
davrga cheklangan, chunki u joylarda alohida rejimda yashashga to‘g ‘ri keladi. 
Ozodlikdan m ahrum qilish joylaridan ozodlikka chiqqandan so‘ng, ular yana 
saylov huquqidan to‘la foydalanadi.
Fuqarolarning saylanish huquqiga ega bo‘lishi uchun ham ayrim shartlar, 
chegaralar o‘rnatiladi:
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, 
o g ‘ir va o‘ta o g ‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan 
m ahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovlarda ishtirok etmaydi;
- saylash huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi ham yuqoriroq 
o‘rnatiladi. Masalan, 0 ‘zbekistonda Prezident bo‘lib saylanish uchun 35 yoshga, 
Oliy Majlisga saylanish uchun 25 yoshga, mahalliy vakillik organlariga saylanish 
uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lish kerak. Xuddi shuningdek, saylanish huquqiga 
ega bo‘lish uchun boshqa talablar ham o‘rnatiladi. Masalan, mamlakat hududida 
m a’lum yil yashagan bo‘lishi, til bilishi va hokazo. Bu masalalarga keyingi 
mavzularda kengroq to‘xtalib o‘tiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqida qo‘llaniladigan 
shartlar, 
chegaralar 
boshqa 
demokratik 
mamlakatlar 
qonunlarida 
ham 
belgilangan.
213


Fuqarolar saylov huquqlarini amalga oshirish jarayonida faqat saylash va 
saylanish huquqidangina emas, boshqa huquqlardan ham foydalanadi. M asalan, 
saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish, nomzodlar to‘g ‘risida m a’lumotlar 
olish, kuzatuvchilar tarkibida ishtirok etish ishonchli va vakolatli vakil sifatida 
ishtirok etish va boshqalar.
Fuqarolarning saylov huquqlari qo‘shimcha ravishda «Fuqarolar saylov 
huquqlarining kafolatlari to‘g ‘risida»gi Qonun1 bilan ta ’minlanadi. Bunday 
m axsus qonunning borligi mamlakatimizda fuqarolarning saylov huquqlari 
himoyasiga alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rsatadi.
Fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishiga turli yo‘llar bilan to‘sqinlik 
qilganlik uchun javobgarlik mavjudligi Saylov kodeksida belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida saylov 
qonunlarini buzganlik uchun alohida moddalarda jinoiy javobgarlik belgilangan. 
Jinoyat kodeksining 146-147-moddalarida fuqarolar saylov huquqlarining har 
qanday buzilishiga olib keluvchi holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Saylovlar m a’lum prinsiplarda o‘tkazilib, ular demokratik talablarga, xalqaro 
hujjat normalariga mos bo‘ladi.
Konstitutsiyada saylov umumiy, teng va to‘g ‘ridan to‘g ‘ri saylov huquqi 
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi, har bir saylovchi bitta ovozga 
ega ekanligi, ovoz berishda fuqaro o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi ko‘rsatib 
qo‘yilgan (117-modda).
Ana shular saylov huquqining asosiy prinsiplari bo‘lib, saylov to‘g ‘risidagi 
qonunlarda har biri alohida moddalarda berilgan.
Umumiy saylov prinsipi - mamlakatdagi barcha fuqarolarga kimligidan 
q at’iy nazar (ya’ni, millati, dini, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, partiyaviyligidan 
q at’iy nazar), saylov huquqidan foydalanish imkoniyatini beradi. Umumiy saylov 
huquqi yosh chegarasining bo‘lishi, sud yo‘li bilan saylov huquqidan cheklash 
mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Boshqacha har qanday cheklashlar umum iy saylov 
huquqi prinsiplariga ziddir. Avvalroq saylov qonunchiligimizga sudgacha qamoqda 
saqlanayotgan fuqarolarning ham saylovda ishtirok etishining o‘rnatilishi 
umum iy saylov prinsipini kengaytirgan bo‘lsa, Konstitutsiyaga kiritilgan 
o‘zgartirish umumiy saylov prinsipini yanada kengaytiradi. Unga asosan, Sud 
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va 
o‘ta o g ‘ir jinoyatlar sodir etilganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan 
m a h ru m etish joylarida saqlanayotgan shaxslargina saylovda ishtirok etmaydi 
ya’ni saylanmaydi va ovoz bermaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning 
saylov huquqlarini to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Teng saylov huquqi prinsipi - har bir saylovchining bir ovozga ega ekanligi, 
fuqarolar faqat bir saylov uchastkasida ro‘yxatga olinib, ovoz berishda ishtirok

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin