4-§. Saylov tsenzlari. Saylovda ishtirok etm aslik asoslari.
Saylovlarda erkinlik
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqlari hisoblanadi. Undan foydalanish
siyosiy hayotda ishtirokni ta ’minlab, mamlakat taqdirini hal qilishda ishtirok
etish imkoniyatini yaratadi.
2 1 5
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarga saylov
huquqini berish, ta ’minlash bilan birga, kimlar saylovda ishtirok etmasligi,
kim larning saylov huquqi vaqtincha to‘xtatilishi, uning asoslari ham ko‘rsatilgan.
Bu Konstitutsiyamizning 117-moddasida shunday belgilangan: «Sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan
ozodlikdan m ah ru m etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mum kin
emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek,
o g ‘irva o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan
m ahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslargina saylovda ishtirok etmaydi
ya’ni saylanmaydi va ovoz bermaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning
saylov huquqlarini to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi».
Konstitutsiyamizning bu qoidasi saylovda qatnashishni istisno etuvchi ikki
asosni belgilaydi.
Birinchi - fuqaroning muomalaga layoqati cheklanganligi, aqli zaifligi
natijasida. Bunday shaxslar o‘z harakatlarini baholay olmaydi yoki ongli harakat
qilolmaydi. 0 ‘zining harakati qanday oqibatlar keltirib chiqarishini anglamaydi.
Ikkinchi - ozodlikdan m ahrum etish joylarida saqlanayotgan, ya’ni jazo
o‘tayotganlar. Bu shaxslar ikkiga bo‘linadi. O g ‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir
etib jazo o‘tayotganlar um um an saylovda ishtirok etmaydi. Qolgan mahbuslar
saylashda ishtirok etadi.
H ar ikki holatda ham saylovda ishtirok etmaslikning asosi sud hujjatidir.
Sud shaxsni muomalaga layoqatsizligi' to‘g ‘risida qaror qabul qiladi, shaxsni
ozodlikdan m ah ru m qilish ham sudning hukmiga asosan amalga oshiriladi.
Konstitutsiya boshqa hech qanday holatda fuqarolarning saylov huquqini
cheklashga yo‘l qo‘ymaydi.
Saylovlarda turli tsenzlar o‘rnatilishi (tsenz cheklash ma’nosini beradi)
m um kin. Hozirgi kunda b u tu n dunyoda saylov huquqida mavjud bo‘lgan
ts e n z - bu yosh tsenzidir. Yosh tsenzi fuqaroning voyaga yetgan bo‘lishi, uning
natijasida esa, o‘z harakatiga javob bera olishni nazarda tutadi.
Aktiv va passiv saylovda yosh tsenzi har xil o‘rnatilgan, masalan,
0 ‘zbekistonda aktiv saylov huquqiga (saylash huquqiga) 18 yoshdan ega
bo‘linadi. H am m a organlarga saylash huquqi 18 yoshdan vujudga keladi. Passiv
saylov huquqi (saylanish huquqi) turli organlarga turlicha o‘rnatilgan. Xalq
deputatlari mahalliy Kengashlarida deputatlik uchun - 21 yosh, Qonunchilik
palatasi deputatlari, Senat a’zolari uchun - 25 yosh, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti etib saylanish uchun - 35 yosh belgilangan. Shu yoshga yetm aganlar
tegishli organlarga saylana olmaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa - milliy, jinsiy, irqiy,
mulkiy cheklashlar nazarda tutilmagan.
Shu bilan birga aytish mumkinki, turli organlarga passiv saylov huquqida -
saylanishda saylanuvchilar (nomzodlar) oldiga m a’lum talablar qo‘yiladi. Bu
talablar qonuniy asosga ega, chunki ular tegishli qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
2 1 6
Bunday shartlar, talablar Prezidentlikka saylanuvchilar va vakillik organiga
saylanuvchilar uchun alohida-alohida bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 90-moddasiga binoan, Prezident etib saylanish uchun
fuqaro o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi, davlat tilini yaxshi bilishi,
saylovgacha 0 ‘zbekiston hududida kamida 10 yil muqim (doimiy) yashagan
bo‘lishi kerak. Shu shartlar mavjud bo‘lsa, fuqaroning nomzodi tegishli tartibda
Prezidentlikka nomzod sifatida qo‘yiladi va saylovda ishtirok etadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Saylov kodeksida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod
etib ro‘yxatga olinmaydigan shaxslar doirasi belgilangan. Ular quyidagilar:
- qasddan sodir etilgan jinoyatlari uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari kiradi
(kodeksning 61-moddasi).
Konstitutsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lib
saylanadiganlar oldiga ayrim talablarni qo‘ygan, fuqaro deputat va senator bo‘lib
saylanish uchun yigirma besh yoshga to‘lgan va kamida besh yil 0 ‘zbekistonda
muqim yashagan bo‘lishi kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida Qonunchilik palatasi deputati
bo‘lib saylanuvchilarga ba’zi talablar qo‘yilgan:
- sodir etilgan og ‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati
tugallanm agan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida 0 ‘zbekiston hududida
muqim yashamagan fuqarolar;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Davlat
xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
-
diniy
tashkilotlar va
birlashmalarning professional xizmatchilari
deputatlikka nomzod qilib ro‘yxatga olinmaydi (Kodeksning 71-moddasi).
Senat a’zoligiga saylanish uchun talablar qo‘yilgan bo‘lib, senatorlikka
yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil 0 ‘zbekistonda muqim yashagan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy Kengashlar
deputatlari saylanadi.
Saylov kodeksining 90-moddasida xalq deputatlari Kengashi deputatligiga
nomzodlar oldiga ma’lum talablar qo‘yilgan.
Quyidagilar:
- sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun sudlanganlik holati
tugallanm agan yohud sudlanganligi olib tashlanm agan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida muqim yashamagan shaxslar;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiya, Ichki
ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan
bo‘linmalarning xodimlari;
2 1 7
-
diniy
tashkilotlar va
birlashmalaming professional
xizmatchilari
deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlariningm ansabdor
shaxslari (hokimlar bundan mustasno) deputat etib saylansa, egallab tu rg an
lavozimlaridan bo‘shash to‘g ‘risida ariza berganidagina deputatlikka nomzod
etib ro‘yxatga olinadi.
Saylov to‘g ‘risidagi qonunlarda boshqa har qanday hollarda fuqarolarning
saylash, saylanish huquqlarini cheklash taqiqlanishi qayd qilingan. Saylov
o‘tkazishning qonunda nazarda tutilgan qoidalari hamda tartibini buzuvchi,
fuqaroning saylash va saylanish huquqini erkin ravishda amalga oshirishga
zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan to‘sqinlik qiluvchi shaxslar,
shuningdek, hujjatlarni soxtalashtirish, ovozlarni bila turib noto‘g ‘ri sanab
chiqishni sodir etgan, ovoz berish sirini buzgan yoki Qonunni boshqacha tarzda
buzilishiga yo‘l qo‘ygan komissiyalar a’zolari, davlat va jamoat birlashmalarining
mansabdor shaxslari qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Cheklashlar bo‘lgan paytda aybdorlar qonunlar bilan tegishli tartibda
javobgarlikka tortiladi.
Saylov cheklashlari saylov erkinligi bilan bog‘liq masala. Cheklashlar
qanchalik kam bo‘lsa, saylovlar erkin o‘tadi.
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi bo‘lib, ularning jamiyat va
davlat ishlarida ishtirokini ta ’minlovchi muhim vositadir. Shunday ekan, saylov
huquqidan foydalanish erkinlik, ixtiyoriylik prinsipiga asoslanadi.
Konstitutsiyaning 117-moddasida: «Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini
bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi», - deyilgan. Ko‘rinib
turibdiki, ovoz berish erkinligi, um um an, saylovda qatnashish erkinligi qonun
bilan kafolatlanadi. Bular Saylov kodeksida ham o‘z tasdig‘ini topgan.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g ‘risida»gi Q onunning
3-moddasida fuqarolarning saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy
ravishda qatnashishi, fuqarolarn in g xohish-iroda bildirishlari ustidan nazo rat
etishga yo‘l qo‘yilmasligi mustahkam lab qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: |