etishi, saylovda ishtirok etuvchi partiyalarga bir xil imkoniyatlar yaratilganligini
bildiradi.
To‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi - har bir fuqaro mahalliy vakillik organlari,
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga deputatlarni, shuningdek, Prezidentni
saylashda bevosita o‘zi shaxsan ovoz berish orqali saylovda ishtirok etishini
bildiradi. To‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov orqali fuqarolar yashab turgan joylarining
o‘zida ovoz beradi va ularning bergan ovozi deputatlar, Prezident saylanishiga
ta ’sir ko‘rsatadi.
Yashirin ovoz berish - bunda fuqarolarning ovoz berishiga hech kim ta’sir
qila olmaydi. Fuqarolar hech kimning ta ’sirisiz ovoz bersagina o‘zi xohlagancha
ovoz berishi mumkin bo‘ladi. Yashirin ovoz berishda ovoz berish natijasi ham
m a’lum bo‘lmaydi, shuning uchun fuqarolar qo‘rqmasdan, ikkilanmasdan,
shubhalanmasdan o‘zi xohlagan nomzodga ovoz beradi.
Saylovda ishtirok etishning erkinligi - fuqarolar saylovlarning hamma
jarayonlarida, shuningdek, ovoz berishda ham erkin ishtirok etishini bildiradi.
Ularning saylov jarayonlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilinmaydi, ishtirok
etishga, ovoz berishga ham. majbur qilinmaydi.
Fuqarolar ovoz berishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etib, xohlagan nomzodga
ovoz beradi yoki um um an ishtirok etmaydi. Buning uchun ular majburlanmaydi,
hech qanday tazyiqlarga uchramaydi, quvg‘in qilinmaydi. Faqat fuqarolar o‘z
siyosiy qarashlari, ongi, madaniyatiga qarab ovoz berishda ishtirok etish yoki
etmaslik masalasini o‘zi hal qiladi. Ovoz berishga majburlash ham, to‘sqinlik
qilish ham javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Oshkoralik ham saylov huquqining muhim prinsiplaridan. Saylovlarning
barcha jarayonlari oshkora o‘tadi. Ommaviy axborot vositalari orqali saylov
jarayonlari
bo‘yicha
m untazam
ma’lumotlar berib
boriladi.
Saylovlarda
kuzatuvchilarning ishtiroki (xalqaro va milliy kuzatuvchilar) ta ’minlanadi.
Demokratiyaning kuchayishi, saylov qonunchiligining takomillashib borishi
bilan saylov huquqi prinsiplarini qo‘llash kengayib boradi va prinsiplarning o‘zi
ham takomillashtiriladi. Amaldagi saylov to‘g ‘risidagi qonunlardan vakillik
organlarini deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqining chiqarib tashlanishi teng
saylov huquqini ta ’minlashni yanada kuchaytirdi.
Oliy Majlisning ikki palatali etib qayta tashkil etilishi, uning yuqori pala-
tasi - Senat a’zolarining mahalliy Kengashlar deputatlari orasidan, mahalliy
Kengashlarning qo‘shma majlisida saylanishi saylov tizimiga pog‘onali saylov
prinsipini kiritdi. Bu prinsipdan jahon mamlakatlari tajribasida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: