O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiyalarga berilgan. Siyosiy partiyalar nomzod ko‘rsatishdan tashqari, saylov



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiyalarga berilgan. Siyosiy partiyalar nomzod ko‘rsatishdan tashqari, saylov 
jarayonida tashviqot-targ‘ibot ishlarida, ovoz berish jarayoni va ovoz berish 
natijalarini aniqlashda o‘z vakillari orqali nazorat ishlarida ishtirok etadi.
4. Ommaviy axborot vositalari. Saylov to‘g ‘risidagi qonunlarga asosan 
OAV saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini 
yoritib boradi. OAV saylov jarayonidagi har bir tadbirni, saylov kampaniyasi 
boshlanganligi e ’lon qilingandan boshlab, saylov natijalari e’lon qilingungacha 
yoritadi, m a’lumotlar beradi. Saylovlarda tashviqot-targ‘ibot ishlarini yo‘lga 
qo‘yadi, saylovning barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar yaratadi va 
saylovlarning oshkora o‘tishini ta ’minlaydi.
5. Kuzatuvchilar. Saylovlarning qonunga asosan, adolatli o‘tishini ta ’min­
lashda kuzatuvchilar instituti muhim rol o‘ynaydi. Kuzatuvchilar milliy, ya’ni, 
mamlakat ichidagi tuzilmalardan hamda xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro tashki­
lotlar va xorijiy davlatlar vakillaridan iborat tarkibda tuzilishi mumkin. Kuzatuv­
chilar barcha saylov tadbirlarida, shuningdek, ovoz berish natijalarini aniqlashda 
ishtirok etishi mumkin.
Manfaatdor 
tashkilotlar 
o‘z 
kuzatuvchilari 
to‘g ‘risida 
okrug saylov 
komissiyalariga saylovga kamida o‘n besh kun qolganda m a’lum qiladi. Okrug 
saylov komissiyasi belgilangan namunadagi mandatni ariza tushgandan so‘ng 
besh kun ichida kuzatuvchilarga beradi.
Xalqaro kuzatuvchilarga mandatni Markaziy saylov komissiyasi beradi.
Kuzatuvchilarning huquq va 
burchlari 
saylov to‘g ‘risidagi 
qonunda 
belgilangan.
6. Vakillar. Saylov jarayonida deputatlikka, Prezidentlikka nomzodlarning 
ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 tagacha, Qonunchilik 
palatasi deputatligiga nomzodlar o‘n nafargacha, Xalq deputatlari viloyat 
(Toshkent shahar) Kengashi deputatligiga nomzodlar 5 nafargacha, tuman, 
shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar 3 nafargacha ishonchli vakilga ega 
bo‘ladi.
Ishonchli vakillar nomzodlarga saylov kampaniyasini o'tkazishda yordam 
beradi, ta r g ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, saylov kampaniyalari, davlat va 
jamoat tashkilotlari bilan munosabatlarda nomzodlarning manfaatini ifoda etadi.
Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakillari nomzod taqdimiga ko‘ra 
M arkaziy saylov komissiyasida ro‘yxatga olinib, ularga guvohnoma beriladi.
Deputatlikka nomzodlar ishonchli vakillarini o‘zi belgilaydi va okrug saylov 
komissiyalarida ular ro‘yxatga olinib, ularga tegishli guvohnoma beriladi.
221


Qonunlarda siyosiy partiyalarning vakolatli vakili bo‘lish belgilangan. 
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod ko‘rsatgan 
siyosiy partiyalar ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘z a’zolari orasidan vakolatli 
vakil tayinlashga haqli.
Vakillar faoliyati, huquq va burchlari, vazifasi saylov to‘g ‘risidagi qonunlarda 
belgilangan.
7. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari saylovni o‘tkazishda faol ishtirok etadi. Ular tashviqot- 
ta rg ‘ibot ishlarida, nomzodlar bilan uchrashuvlar tashkil qilishda, saylovchilarning 
ro‘yxatini tuzishda, saylov kuni, vaqti, joyi haqida saylovchilarga m a’lumotlar 
berishda tegishli organlarga yordam beradi.
8. Davlat organlari. Turli davlat organlari saylov jarayonlarida ishtirok 
etadi. Ular turli vazifalarni bajaradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari saylov 
o‘tadigan joylar bilan ta ’minlash, saylov uchastkalarini tegishli holatga keltirish, 
moddiy ta ’minotiga yordam berish, saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar 
taqdim qilish, tegishli Kengashlarga saylov o4kazuvchi komissiyalarni tuzish 
bilan saylov jarayonida ishtirok etadi.
9. 
0 ‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-dekabrda qabul qilingan 
«Volontyorlik faoliyati to‘g ‘risida»gi Qonunida volontyorlar ijtimoiy ahamiyatga 
ega tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarining roziligi bilan ishtirok etadi, deb 
belgilab qo‘yilgan. S huning uchun ularni alohida saylov ishtirokchisi sifatida 
emas, balki ishtirokchilarga yordam beruvchi subyekt deb qarash mumkin.
Saylovlarning adolatli, qonun asosida o‘tishini, fuqarolar saylov huquqlarining 
buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida saylov jarayonida sud va prokuratura 
organlarining, ijro organlarining (Ichki ishlar, Tashqi ishlar vazirliklari) ishtiroki 
ham nazarda tutilgan. Ularning vazifa va vakolatlari saylov to‘g ‘risidagi 
qonunlarda belgilangan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin