Mahalliy Kengashlarga saylovlarda saylov uchastkalari tegishli Kengashga
saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov uchastkalari
hokimliklar, harbiy qism qo‘mondonlari taqdimnomasi asosida tuziladi. Qonunchilik
palatasi, Prezident saylovida xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarda Tashqi
ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan
Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan saylov uchastkalari tuziladi va ularni qaysi okruglar tartibiga kiritish
masalasini Markaziy saylov komissiyasi hal qiladi.
Uchinchi. Saylov komissiyalarini tuzish.
Qonunchilik palatasi va Prezident saylovida uch turdagi saylov komissiyalari
ishtirok etadi, bular: Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi,
uchastka saylov komissiyasi.
Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlovchi organ bo‘lib, Oliy Majlis
palatalari tomonidan tuziladi. Uning raisi Prezident taqdimiga binoan komissiya
a’zolari orasidagi komissiya majlisida saylanadi. Rais o‘rinbosari,
kotibi komissiya
a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. Markaziy saylov komissiyasi
saylovning barcha jarayonlariga
rahbarlikni
amalga
oshiradi,
majburiy
xarakterdagi hujjatlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasiga saylovda okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganda rais, rais
o‘rinbosari, kotib va kamida olti nafar boshqa a’zolardan iborat tarkibda tuziladi.
Qonunchilik palatasiga saylovda uchastka saylov komissiyalari okrug saylov
komissiyalari tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganda besh-o‘n to‘qqiz nafar
a’zodan,
shu jumladan rais, rais o‘rinbosari, kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar
komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat bo‘lsa, rais va kotib saylanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylovda, viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi
saylov komissiyasi, tum an Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi,
shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi komissiya va okrug saylov komissiyalari,
uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov kodeksiga kiritilgan oxirgi
o‘zg artirish la rg a ko‘ra, tu m an (shahar) kengashlariga saylovda ok ru g saylov
komissiyasi
tashkil qilinmaydi, un in g vazifasini tu m an (shahar) kengashlariga
saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi am alga oshiradi.
Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari (alohida-alohida) tegishli
xalq deputatlari Kengashlari tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida
komissiya raisi va olti-o‘n to‘rt nafar boshqa a’zolardan iborat tarkibda tuziladi, ular
o‘z vakolatlarini keyingi navbatdagi saylovlar e’lon qilinguncha davom ettiradi.
Komissiya raisi o‘rinbosari va kotibi komissiya majlisida uning a’zolari orasidan
saylanadi. Okrug saylov komissiyasi tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi
komissiya tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganda komissiya raisi, rais
o‘rinbosari kotibi va olti-sakkiz nafar a’zolardan iborat tarkibda tuziladi.
Uchastka
saylov komissiyasi tum an, shahar saylov komissiyasi tomonidan
saylovga kamida qirq kun qolganida besh-o‘n to‘qqiz a’zodan, shu jumladan
rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya
tarkibi yetti nafargacha a’zodan iborat tartibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
225
Uchastka saylov komissiyasi a’zolari (hamma saylovlarda ham) ko‘paytirilishi
yoki kamaytirilishi mumkin.
Saylov komissiyalarining vazifalari, vakolatlarining tashkil bo‘lish tartibi
Saylov kodeksida belgilangan.
To‘rtinchi. Deputatlikka nomzod ko‘rsatish.
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga faqat siyosiy
Dostları ilə paylaş: