Saylovoldi tashviqoti Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashning tegishli Kengashlari
deputatligiga nomzodlar tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov
komissiyalari tomonidan ro‘yxatga olingan kundan boshlanadi.
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi
yoki tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga
olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga
bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakillik organlari deputatligiga nomzodlar uchun ommaviy axborot vosita-
laridan teng foydalanish imkoniyati yuklatiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuv uchun yig‘ilishlarni siyosiy partiyalar mustaqil
o‘tkazadilar. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari
yig‘ilishlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlashga ko‘maklashadi.
Yig‘ilishlar ish vaqtidan boshqa vaqtlarda o‘tkaziladi.
Prezident tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyada saylovlarda tenglikni
ta ’minlash maqsadida saylovoldi tashviqotining shakl, usullarini kuchaytirish,
qonunlarda «saylovoldi tashviqoti» tushunchasiga aniq ta ’rif berish, uning
turlarini aniqlashtirish, ularni qonunlarda aks ettirish alohida ko‘rsatildil.
2012-yil 19-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasining Saylov erkinligi yanada
ta ’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan
Saylov qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Saylov jarayonida, ayniqsa, tashviqot va ta rg ‘ibot bosqichida nomzodlar o‘z
faoliyatini erkin olib borishi uchun ularning mehnat huquqlari, transportdan
foydalanish huquqlari alohida muhofaza qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh Prokurorining roziligisiz Jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki
sud tomonidan beriladigan m a’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Nomzodni
majburiy yuborish, uning shaxsiy buyumlari, yukini, transportini, turar-joy va
xizmat binolarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylovoldi
tashviqotida
nomzodlarning
huquqlari
Saylov
kodeksida
belgilangan bo‘lib, saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali,
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish
hamda tarqatish orqali olib borish va saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish
orqali saylovoldi tashviqotini olib borish mumkin.
Nomzodlarga saylov tadbirlarida ishtirok etish vaqtida saylovlarga ajratilgan
mablag‘lar hisobidan o‘rtacha oylik maoshi to‘lanadi va xizmat vazifasidan ozod
qilinadi. Ularni xizmat safari va boshqa xarajatlari ham saylovga ajratilgan
mablag‘ hisobidan to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: