O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-J. - Т.: «O‘zbekiston», 1993. 12-bet



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-J. - Т.: «O‘zbekiston», 1993. 12-bet.
2 Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligim iz o ‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga
bog‘liq. T.12. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 2004. 163-bet.
209


- birinchidan, saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli 
bo‘lib, fuqarolarni uyushgan holda o‘zlari yashab turgan davlat va jamiyatni 
boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Saylov xalq hokimiyatining bevosita 
oliy ifodasini tashkil etadi. Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi 
bo‘lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib, siyosiy tajriba orttiradilar. Ular, 
avvalambor, o‘zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy madaniyatini 
oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini 
takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, hamjihatlik 
bilan, o‘z harakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va 
ko‘nikmalarni orttirib boradilar;
- ikkinchidan, demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik 
demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini 
birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutlaq huquq berilgan 
saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga oshirishidir. Bundan 
kelib chiqadiki, vakillik demokratiyasining haqiqatan amalga oshishi, asosan, 
saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishiga to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
bog‘liq. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq tushunchalardir.
Saylov qonunchiligini takomillashtirish doimiy jarayon bo‘lib, u saylovlarni 
yanada demokratlashtirishga olib keladi. 
Shuning uchun bu m asalaga 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida alohida to'xtalib, «Bu borada qabul qilingan 6 ta qonun 
va bir qator qonunosti hujjatlari, afsuski, haligacha yaxlit bir hujjat shakliga 
keltirilmagan. Shu sababli xalqaro norma va standartlarga javob beradigan 
yagona saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim» - deb ta ’kidladi.
Jamiyat rivojlanib, demokratlashib borishi har bir o‘tayotgan saylovlarni 
takomillashuviga olib kelganidek, saylovlarni demokratlashuvi ham jamiyat 
rivojiga bevosita ta ’sir qilmoqda.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin