O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§. 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston R espublikalarining o‘zaro



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4 -§. 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston R espublikalarining o‘zaro
m unosabati. Nizolarni hal qilish tartibi
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning o‘zaro munosabati Qoraqalpog'iston 
Respublikasining 0 ‘zbekiston tarkibiga kirishi, Qoraqalpog‘iston suvereniteti 
0 ‘zbekiston tomonidan muhofaza qilinishi asosiga quriladi.
Konstitutsiyaning 
71-moddasida 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
o‘z 
Konstitutsiyasiga egaligi belgilanishi bilan birga, unda: «Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
zid bo‘lishi mumkin emas», - deb ko‘rsatib qo'yilgan. Bu qoida aslo 
QoraqaIpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
Qoraqalpog‘istonga 
xos 
xususiyatlarning bo‘Iishini inkor qilmaydi. Faqat uning normalari 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasi prinsiplariga, normalariga zid bo‘lmasligini belgilaydi.
Konstitutsiyaning 72-moddasi esa: «O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir», - degan qoida 
m ustahkamlab qo‘yilgan. Chunki Qoraqalpog‘iston hududi ham 0 ‘zbekiston 
hududi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston o‘zi mustaqil ravishda qonunlar qabul qilishi 
mumkin. Lekin 0 ‘zbekistonning qonunlari ham Qoraqalpog‘iston hududida 
bajarilishi shart.
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining o‘zaro munosabatini 
belgilashda 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasi qoidalari 
muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi 
bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari 0 ‘zbekiston 
Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnom alar hamda bitimlar bilan tartibga 
solinadi», - deyilgan.
2 0 5


Bu yerda e’tiborli tomoni shundaki, birgalikdagi o‘zaro munosabatlar 
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasida tuziladigan shartnom alar yoki 
bitimlar asosida tartibga solinsa; ikkinchidan, har qanday bitim va shartnom a 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida Konstitutsiyaga mos ravishda 
tuzilishi belgilangan.
Ikkala 
respublikaning o‘zaro 
munosabatining to‘g ‘ri 
tashkil 
qilinishi 
Konstitutsiya doirasida bo‘lishi, umummanfaat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
manfaati mujassamlanishi jamiyatimizning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Hozirgi 
davrda 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
aholisi 
so g ‘lig‘iga 
respublikadagi sharoit - Orol dengizining qurib borayotganligi katta xavf 
solmoqda. Ana shu xavfning oldini olish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
qishloq xo‘jaligi, sanoatni rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarida 
0 ‘zbekistonning ko‘magi, albatta zarur. Har ikki respublikaning siyosiy-huquqiy 
munosabatlari ularning iqtisodiy munosabatlarini ham to‘g ‘ri tashkil qilishga 
bog‘liq. Hozirgi kunda munosabatlarning to‘g ‘ri tashkil qilinishi natijasida 
ko‘plab muammolar hal qilinmoqda.
0 ‘zbekiston 
va 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikalari 
mustaqil 
respublika 
bo‘lganligi uchun ularda um um manfaatlar bilan o‘z manfaatlari bo‘lishi tabiiydir. 
Shu tufayli ular o‘rtasida nizolar kelib chiqqudek bo‘lsa, nizolarni hal qilish 
yo‘llari ham ko‘zda tutilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasida: « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga 
keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi», - deb belgilangan. Nizolar tinch 
yo‘l bilan va murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal qilinishi zarur.
Nizolar turli masalalarda bo‘lishi, qonunlarning bir-biriga muvofiq kelmasligi 
xususida boMishi mumkin. Bunday hollarda nizoni hal qilishda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 109-moddasi
2-bandiga 
binoan, 
Konstitutsiyaviy 
sud 
«Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi qonunlari 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi 
to‘g ‘risida xulosa beradi». Uning xulosasi esa, nizoni hal qilishga olib keladi.
0 ‘zbekistonning m a’muriy-hududiy tuzilishi o‘quvchilarga mamlakatimiz 
hududi, chegarasi, u qanday bo‘laklardan iboratligini, ularning nomi hamda 
ularning har biri qanday tashkil qilinishi, tugatilishi haqida umumiy bilimlarni 
beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib, u 
suveren respublika maqomida 0 ‘zbekiston tarkibiga kiradi va uning suveren 
huquqlari 0 ‘zbekiston tomonidan himoya qilinadi.
Qoraqalpog‘istonning 0 ‘zbekiston hududida tegishli maqomga egaligi, 
uning 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlari Konstitutsiyaviy asosga 
egaligi, ularda har ikki tom onning manfaati hisobga olinishi mavzuning asosiy 
maqsadi hisoblanadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin