O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. O'zbekiston va Qoraqalpog4iston qonunlarining munosabati



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

2-§. O'zbekiston va Qoraqalpog4iston qonunlarining munosabati
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari huquqiy holati, bir-biri 
bilan munosabati asoslari Konstitutsiyaviy darajada tartibga solingan. Bu
201


munosabatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining 
Qoraqalpog‘istonda amal qilishi tartibi alohida ahamiyatga ega.
Konstitutsiyaning 15-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasida 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi», - deb 
belgilangan qoida Qoraqalpog‘istonga ham taalluqlidir. Chunki Konstitutsiyaning 
68-moddasida: 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, 
tumanlar, shaharlar, 
shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 
iborat», - degan qoida Qoraqalpog‘iston o‘z hududi bilan 0 ‘zbekistonning 
tarkibiy qismi ekanligini ko‘rsatadi.
Demak, shunday ekan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlari Qoraqalpog‘istonda ham ustuvor ekanligi, bajarilishi majburiy ekanligi 
qonuniydir.
Bu bajarilishi jihatdan 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining 
Qoraqalpog‘istonda ustunligini ko‘rsatsa, bu holat 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog'iston 
konstitutsiyalari va qonunlari munosabatida Qoraqalpog'iston Konstitutsiyasi va 
qonunlari 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bolmasligi qoidasining 
belgilanishida ham ko‘rinadi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 16-moddasidagi: «Birorta ham qonun yoki 
boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi 
mumkin emas», - degan qoida 0 ‘zbekistonda, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda 
qabul qilinadigan har qanday normativ-huquqiy hujjatlarning 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasiga mos kelishi, unga zid bo‘lmasligini nazarda tutadi.
Bu masala 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida: «Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid 
bo‘lishi mumkin emas», 72-moddasida esa: « 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir», - degan qoidalar 
asosida hal qilingan.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining Qoraqalpog‘istonda ustunligi, 
so‘zsiz bajarilishi, Qoraqalpogliston Konstitutsiyasi va qonunlari 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmasligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 15-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasi va qonunlarining so‘zsiz tan olinishi alohida belgilab qo‘yilgan.
Yana shunga e’tibor berish kerakki, ayrim masalalarda Qoraqalpog‘istonda 
m axsus Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinmasdan, masala 
0 ‘zbekiston qonuni bilan tartibga solinaveradi. M asalan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida fuqarolikka ega bo‘lish va 
uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‘g ‘risidagi qonun bilan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Demak, 0 ‘zbekistonning ayrim qonunlari Qoraqalpog‘istonda to‘g ‘ridan- 
to‘g ‘ri amal qiladi. Shu masala bo‘yicha Qoraqalpog'iston o‘zining qonunini 
qabul qilishiga hojat yo‘q.
202


Ayrim masalalar esa, Qoraqalpog‘istonning o‘z qonuni bilan tartibga 
solinadi. Masalan, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qoraqalpog‘iston 
Qonuni mavjud, lekin bu qonun 0 ‘zbekistonning shunday qonuniga zid emas.
0 ‘zbekiston 
va 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va qonunlari munosabatini to‘g ‘ri ta’minlashda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi muhim rol o‘ynaydi. Konstitutsiyaviy sudning vazifalarini 
belgilovchi Konstitutsiyaning 109-moddasi 2-bandida: «Konstitutsiyaviy sud 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
qonunlari 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g ‘risida 
xulosa beradi», - deb qayd qilingan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin