O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Ma’m uriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish tartibi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. Ma’m uriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish tartibi
Konstitutsiyaning 69-moddasida: «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, 
tum anlar tashkil qilish va ularni tugatish 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi», - deb belgilangan.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarni tashkil qilish, qo‘shib yuborish, tugatish, 
mamlakat iqtisodi, boshqaruv samarasi, fuqarolarning davlat hokimiyati 
organlariga murojaat qilishningqulay-noqulayligi hisobga olinib, umummanfaatlar 
ko‘zlangan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu masalaning asosi 
Konstitutsiyada belgilangan.
Konstitutsiyaning 69-moddasida: «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent 
shahrining 
chegaralarini 
o‘zgartirish, 
shuningdek, 
viloyatlar, 
shaharlar, tum anlar tashkil qilish Va ularni tugatish 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi», — deb mustahkamlangan. Bu 
modda qoidalari, birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning, 
shaharlarning chegarasini o‘zgartirish masalasini; ikkinchidan, viloyatlar, 
shaharlar, tumanlarni tashkil qilish, uchinchidan, ularni tugatish (qo‘shib
195


yuborish) masalalarini qanday hal qilish tartibini, asoslarini belgilagan. Har 
uchala holatda ham bu hududiy birliklarning chegarasini o‘zgartirish, yangidan 
tashkil qilish, tugatish masalasi Oliy Majlisning roziligi bilan hal qilinishi 
belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 10-bandiga asosan, 
0 ‘zbekiston Respublikasining m a’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun 
yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish Oliy Majlis palatalarining 
birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. Ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilish va 
ularning chegarasini o‘zgartirish faqat qonun yo‘li bilan hal qilinadi.
2012-yil 12-oktabrda o‘tkazilgan islohotlar natijasida ushbu Q onunning 
mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi. Ya’ni 0 ‘zbekiston Respublikasining «Geografik 
obyektlarning nomlari to‘g ‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan 
1996-yil 30-apreldagi Q onunning nomi « 0 ‘zbekiston Respublikasida m a’muriy- 
hududiy tuzilish masalalarini hal etish to‘g ‘risida» deb o‘zgartirildi. Shuningdek, 
undagi toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish 
munosabatlariga oid normalar chiqarib tashlandi. Bu munosabatlar «Geografik 
obyektlarning nomlari to‘g ‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinishi belgilandi.
Unga asosan, viloyatlarni tuzish, tugatish Vazirlar M ahkam asining taklifiga 
muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahar 
hokimlarining iltimosiga ko‘ra, Vazirlar M ahkamasi tomonidan kiritilgan taklifga 
asosan, Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar tuzish va tugatish tegishli tum an hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga 
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tum anlarni tuzish va tugatish Qoraqal- 
p og‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga 
oshiriladi. Qishloq va ovullarni tuzish 4hamda tugatish Qoraqalpog‘istonda 
tu m an hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan 
am alga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan 
Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tu m anlarning chegarasini o‘zgartirish tegishli viloyatlar va 
Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar M ah k am asin in g taklifiga ko‘ra, Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tu m anlarning chegarasini ozg artirish
tegishli 
tu m an
hokimlarining iltimosnomasiga 
asosan, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan 
amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish 
tegishli tum an hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat
196


Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi.
M a ’muriy-hududiy birliklarning markazlarini belgilash, ko‘chirish ham 
qonun asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlarning ma’muriy markazini belgilash va ko‘chirish tegishli viloyat 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
M ahkam asining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, tumanlar, qishloqlar, 
ovullarning m a’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli tuman 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari 
tomonidan, Qoraqalpog'iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan 
amalga oshiriladi.
S haharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, 
tegishli shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar M ahkam asining taklifiga muvofiq, Oliy Majlis tomonidan amalga 
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va 
kengaytirish tegishli tum an va shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman 
va shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan, xalq deputatlari viloyat 
Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarni Respublika bo‘ysunuvidagi 
shaharlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
hukum atining taklifiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 
olti ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi 
mavjud shaharchalar, aholi punktlarini kiritish mumkin. Shahar yoki aholi 
punktini shunday punktga kiritish uchun m a’lum miqdorda aholiga ega bo‘lishi, 
iqtisodi normal rivojlangan va tegishli rivojlanishini ta ’minlaydigan darajada 
infrastrukturaga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin