O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida senzuraga



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida senzuraga
yo4l qo4yilm asligi
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida so‘z va axborot erkinligi 
m ustahkamlab qo‘yilishi bilan birga, axborot olish va tarqatishda ayrim 
cheklashlar bo‘lishi ham belgilab qo‘yilgan. Unga asosan, faqat konstitutsiyaviy 
tuzum ga qarshi axborotlarni cheklash mumkin. Shuningdek, davlat siriga 
taalluqli cheklashlar ham bo‘lishi belgilanadi.
M amlakatimizda maxsus «Davlat sirlarini saqlash to‘g ‘risida»gi Qonun 
mavjud bo‘lib, unda: «Davlat tomonidan qo‘llaniladigan va maxsus ro‘yxatlar bilan 
chegaralab qo‘yilgan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga ma’lumotlar 0 ‘zbekiston Respublikasining 
davlat sirlari hisoblanadi», - deb belgilangan. Bunday m a’lumotlarni oshkor 
qilishga hech qanday jurnalist, ommaviy axborot vositalari haqli emas.
Konstitutsiyaning 67-moddasida: «Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi», - degan 
qoida mavjud. Senzura ma’lumotlarni e’lon qilingunga qadar o‘qish, uni tarqatish, 
qo‘shimchalar kiritish yoki umum an nashr qilishni cheklashdir. Ommaviy axborot 
vositalarida e’lon qilinayotgan m a’lumotlarda davlat siriga zid, konstitutsiyaviy 
tuzum ga qarshi m a’lumotlar bo‘lmasa, ularni o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, 
ayrimlarini olib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi, degan qoida shu m a’noni beradi.
Ommaviy axborot vositalarida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi qoidasining 
Konstitutsiyaga kiritilishi sababi, avvalgi tuzum (sovet tuzumi)da ommaviy 
axborot vositalari nashriy faoliyati nihoyatda senzuralashgan, hech qanday 
m a’lumot avvaldan o‘qib chiqilmay, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritilmasdan, ayrim joylari olib tashlanmasdan nashr qilinmas edi.
Senzura ommaviy axborot vositalarining erkinligini, umuman, so‘z, fikr 
erkinligini cheklovchi kuchli vosita edi. Konstitutsiyada ommaviy axborot 
vositalari faoliyatida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligini belgilovchi qoidaning 
kiritilganligi, ommaviy axborot vositalari, umum an, jamiyatda so‘z, fikrlash 
erkinligini ro‘yobga chiqaruvchi, ta ’minlovchi muhim shart hisoblanadi.
Senzuraning yo‘qligi ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom raqobatning 
mavjud bo‘lishini, kuchayishini, jurnalistlarning ijodiy tashabbuskorlik faoliyati 
rivojlanishini ta ’minlovchi muhim vositasidir.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga taalluqli barcha qonunlarda ham 
senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.
191


Shuningdek, ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunlarda qanday 
masalalarda m a’lumotlar oshkor qilinmasligi ham belgilab qo‘yilgan. Bular 
xavfsizlik, fuqaro manfaatlaridan kelib chiqadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin