haqqoniyligi
uch u n
qonun
hujjatlarida belgilangan tarkibda javobgar
bo‘ladilar», - deb belgilab qo‘yilgan.
Bu bilan ommaviy axborot vositalari zimmasiga o‘zi e’lon qilayotgan,
tarqatayotgan m a’lumotlar to‘g ‘ri ekanligiga javob berish mas’uliyati yuklangan.
O mmaviy axborot vositalari erkinligi, mustaqilligi ta ’minlanishi bilan,
undan
to‘g ‘ri foydalanish zarurligi, erkinlikni har qanday ko‘rinishda suiiste’mol qilish
mutlaqo m um kin emasligi qonunlar bilan belgilab qo‘yilgan.
Ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan ma’lumotlarning to‘g ‘riligi,
haqqoniyligi uchun ommaviy axborot vositalari va shu m a’lumotlarni tayyorlagan
jurnalistlar javob beradilar.
Ommaviy axborot vositalari hech qachon
va hech qanday hollarda
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, sha’ni, qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi,
tuhm at ko‘rinishidagi, shaxsiy hayotga aralashuv ruhidagi m a’lumotlarni
bermasligi kerak, agar shunday hoi ro‘y bersa, buning uchun ham ommaviy
axborot vositalari, m a’lumotni tayyorlagan jurnalistlar javob beradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi (konstitutsiyaviy tartib)
turli qonuniy vositalar bilan himoya qilinadi va konstitutsiyaviy tuzum asoslariga
zarar yetkazadigan m a’lumotlarni ommaviy axborot vositalari
orqali berilmasligi
choralari ko‘riladi.
Mabodo, shunday hoi yuz bersa, ya’ni ommaviy axborot vositalarida:
- konstitutsiyaviy tu zu m n in g asoslariga qarshi;
- davlat suverenitetiga tahdid
qiluvchi;
- yaxlitlikni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qiluvchi;
- qonuniy hokimiyatni to‘ntarishga chaqiruvchi, zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgarishga
da’vat qiluvchi;
- urush va zo'rlikni, shafqatsizlikni keltirib chiqaruvchi, ularga da’vat
qiluvchi;
- milliy, diniy, irqiy adovatlarga da’vat qiluvchi;
- davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa
sirlarni oshkor qiluvchi
m a’lumotlar berilsa, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar javobgarlikka
tortiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining M a ’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi kodeksida
«Tuhmat» (40-modda), «Haqorat» (41-modda), «Fuqarolarga m a’naviy yoki
moddiy zarar yetkazuvchi m a’lumot tarqatish» (46-modda)ni
nazarda tutuvchi
m a’lumotlar uchun m a’muriy javobgarlik belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida «Tuhmat» (139-modda),
«Haqorat qilish» (140-modda), «Urushni ta r g ‘ib qilish» (150-modda), «Milliy,
irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘z g ‘atish» (156-modda); «Konstitutsiyaviy
tu zum ga xavf soluvchi ma’lumotlar tarqatish» (159-modda); «Davlat sirlarini
oshkor qilish» (162-modda)ni ko‘zlovchi m a’lumotlar uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan.
190
0 ‘zbekiston Respublikasining M a’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi va Jinoyat
kodekslarida yuqorida ko'rsatilgan ma’lumotlar
mavjud ommaviy axborot
vositalaridagi ma’lumotlar uchun, ommaviy axborot vositalarining va ularning
xodimlari javobgarligining
belgilanishi,
ommaviy
axborot
vositalaridagi
axborotlarni
to‘g ‘ri,
haqqoniy
bo‘lishini
ta ’minlashga
qaratilishi
bilan
konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari
himoyasiga qaratilgan faoliyat deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: