Lekin Qoraqalpog‘istonda davlat tuzilishiga xos bo‘lgan uning mavqeini,
0 ‘zbekistonning boshqa tuzilmalaridan farqini ko‘rsatuvchi holatlar mavjud
bo‘lib, bu haqda keyingi boblarda to‘xtalamiz.
Davlat tuzilishining nazariy jihatdan uchinchi shakli konfederatsiya
hisoblanadi. Bu tushuncha, asosan, bir necha suveren davlatlarning ittifoqiga
nisbatan ishlatiladi. Bu ko‘pincha, davlat huquqiy munosabatiga nisbatan
xalqaro-huquqiy munosabat xarakterida bo‘ladi. Ayrim paytlarda konfederatsiya
federatsiyaga o‘tishda foydalaniladigan shakl sifatida ham namoyon bo‘lishi
mumkin. Masalan, AQSh Konfederatsiyasi AQSh federatsiyasiga aylangan.
Hozirgi kunda Shveysariya konfederatsiya hisoblansada, aslida esa, u ham
allaqachon federatsiyaga aylangan.
Federatsiya davlat tuzilishidan Sobiq Ittifoq foydalangan. Unda davlatning
bu shakli milliy masalalarni hal qilish usuli deb qaralgan.
Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan ittifoqchi respublikalar rasman suveren
respublika hisoblansa-da, ular mustaqil hech narsani hal qila olmagan, xalqaro
munosabatlarda ishtirok eta olmagan. SSSR haddan tashqari markazlashgan
ittifoq davlati bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: