O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Shaharlarning maqomi, ularni turkumlash



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4-§. Shaharlarning maqomi, ularni turkumlash
0 ‘zbekiston ma’muriy-hududiy tuzilishi uch pog'onali ma’muriy birliklardan 
iborat: birinchisi — viloyatlar, Toshkent shahri; ikkinchisi — tumanlar va shaharlar; 
uchinchisi - shaharcha, qishloq va ovullar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham 
m a’muriy-hududiy bo‘linishi nuqtai nazaridan birinchi guruhga kiradi. Demak,
197


birinchi guru h yuqori darajali; ikkinchi g u ruh o‘rta darajali; uchinchi guruh quyi 
darajali ma’muriy birliklardan iborat.
Bundan tashqari, tumanlar, viloyat tarkibidagi, ya’ni viloyatga bo‘ysunuvchi; 
shahar tarkibidagi, ya’ni shaharga bo‘ysunuvchi tum anlar hisoblanadi. Xuddi 
shuningdek, shaharlar ham respublikaga bo‘ysunish, viloyatga bo‘ysunish, 
tum anga bo‘ysunish maqomidagi shaharlarga bo‘linadi.
Respublikada bitta shahar - Toshkent respublikaga bo‘ysunuvchi yagona 
shahardir. S huning uchun ham uning maqomi viloyatlarga tenglashtirilgan.
Respublikamizda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida viloyatga 
bo‘ysunuvchi shaharlar turkum iga, qoida tariqasida, aholisi kamida o‘ttiz ming 
bo‘lgan, muayyan m a’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va 
madaniy m arkazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Ya’ni shahar viloyat bo‘ysunuvidagi shahar bo‘lishi uchun, u m a’lum 
miqdordagi aholiga ega boMishi kerak; u muhim ma’muriy ahamiyat kasb etishi 
kerak; madaniyat o‘chog‘i bo‘lishi, iqtisodiy rivojlanish istiqboli bo‘lishi zarur.
Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkum iga kiritish, ularni 
qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ahkam asining taklifiga muvofiq, Oliy Majlis tomonidan 
amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarni respublika bo‘ysunuvidagi 
shaharlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
hukum atining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida yetti 
ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud 
shaharlar, aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shahar yoki aholi punktini shunday 
tu rk um g a kiritish uchun u m a’lum miqdorda aholiga ega bo‘lishi, iqtisodi 
normal rivojlangan bo‘lishi va tegishli rivojlanishni ta ’minlaydigan darajada 
infrastrukturasiga ega bo‘lishi kerak.
Shahar, shaharcha, aholi punktlarini tum an bo‘ysunuvidagi shaharlar 
turkum iga 
kiritish, 
ularni 
qayta 
tuzish 
tegishli 
viloyat 
hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 
taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Bu masala 
Qoraqalpog‘istonda 
tegishli 
tum an 
hokimining iltimosnomasiga 
asosan, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukum atining taklifiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan am alga oshiriladi.
Kamida ikki m ing aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l 
stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan aholi punktlari 
shaharchalar turkum iga kiritilishi mumkin. Bu masala tegishli tum an 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan hal qilinadi.
198


0 ‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini belgilashga qaratilgan 
munosabatlarda ma’muriy-hududiy birliklar va aholi punktlariga nom berish, 
nomini o‘zgartirish tartiblari ham mazkur qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunga binoan, viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning 
nomini o‘zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan, Oliy 
Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlar va shaharlarga nom berish 
hamda ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning 
nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga ko‘ra 
xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘istonda - Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin