O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Davlat tuzilishi shakli nima?
2. Davlat tuzilishining qanday shakllari mavjud?
3. 0 ‘zbekiston qanday davlat tuzilishi shakliga ega?
4. 0 ‘zbekistonning m a’muriy-hududiy tuzilishi qanday?
5. M a ’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish tartibi qanday?
6. Shaharlarning maqomi qanday?
7. M a ’muriy-hududiy tuzilishni belgilashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi­
ning vakolatlari qanday?
199


XIX bob. QORAQALPOG ISTON RESPUBLIKASI
l-§. Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy maqomi
0 ‘zbekistonning haqiqiy suverenitetiga ega bo‘lishi, mustaqillikka erishishi 
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari munosabatida ham o‘z aksini 
topdi. Ular o'rtasidagi munosabatning asoslari qabul qilingan hujjatlarda belgilab olindi.
Bu masalaga 1990-yil iyun oyida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining 
suvereniteti to‘g ‘risidagi Deklaratsiya», 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan 
«Qoraqalpog‘iston 
davlat 
suvereniteti 
to‘g ‘risidagi 
Deklaratsiya»larda 
alohida e’tibor berildi va 0 ‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘istonning amaldagi 
konstitutsiyalarida Qoraqalpog‘istonning huquqiy maqomi, har ikkala respublika 
o'rtasidagi munosabat asoslari mustahkamlab qo‘yildi.
Konstitutsiyaning 70-moddasida: «Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
0 ‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
suvereniteti 0 ‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi», - deb 
mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning bu moddasi:
- Qoraqalpog‘istonni suveren respublika ekanligini belgilaydi va e’tirof etadi;
- u 0 ‘zbekiston tarkibiga kirganini ko‘rsatadi;
- Qoraqalpog‘istonningsuvereniteti 0 ‘zbekiston tomonidan muhofaza qilinishini 
belgilaydi. Shu holat bilan 0 ‘zbekiston o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni oladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, suverenitetga egaligini 
tasdiqlovchi normalar ham 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog'iston konstitutsiyalarida 
m ustahkam langan. Bular:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z Konstitutsiyasiga egaligi. Chunki, 
Konstitutsiya har qanday davlatning suverenligini ko‘rsatuvchi asosiy shart 
(Konstitutsiyaning 71-moddasi);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasini o‘z ixtiyori bilan 
xalq xohish-irodasiga mos ravishda, hech kimning aralashuvisiz Oliy hokimiyat 
organida qabul qilgan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z hududiga va chegarasiga ega;
- Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
hududi 
va 
chegaralari 
uning 
roziligisiz o‘zgartirilishi mum kin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z 
m a’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi (Konstitutsiyaning 
73-moddasi);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining Oliy hokimiyat organlariga ega 
va ularni tashkil qilish o‘z Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘istonning suverenligini belgilovchi eng muhim qoida Qora- 
qalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga 
egaligidir (Konstitutsiyaning 74-moddasi).
200


Qoraqalpog‘iston Respublikasining ajralib chiqish huquqi mavjudligi xalq o‘z 
taqdirini o‘zi hal qilish imkoniyatiga egaligini ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Kons- 
titutsiyasining 1-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston tarki­
bidagi suveren demokratik Respublika ekanligi ko‘rsatilib, 0 ‘zbekiston va 
Qoraqalpog‘istonning o‘zaro munosabatlari asoslari, Qoraqalpog‘istonning 
0 ‘zbekiston tarkibidan ajralib chiqish huquqini saqlab qolganligi mustahkamlab 
qo‘yilgan. Qoraqalpoq tili o‘zbek tili bilan birga davlat tili sifatida belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini ko‘radigan bo‘lsak, u 
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga mos kelishi bilan birga, ayrim masalalarni mustaqil 
hal qilgan, bu esa respublikaning mustaqil huquqlari mavjudligini bildiradi.
Jumladan:
- Respublikaning qonun chiqaruvchi organi Jo‘qorg‘i Kenges deb, 
qoraqalpoq tilida talqin qilinishi;
- Konstitutsiyasining 3-moddasida 
davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruv 
organlarining 
tizimini 
mustaqil 
belgilash 
ko‘rsatilgan, 
shu 
asosda, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yuqori lavozim - Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi deb belgilangan va u Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan, uning deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Jo‘qorg‘i 
Kenges vakolati muddatiga saylanishi belgilangan;
Jo‘qorg‘i Kenges raisi respublika rahbari hisoblanib, vakillik va ijro hokimiyati 
organlarining kelishilgan holda ish yuritishini hamda hamkorligini ta ’minlaydi;
- Qoraqalpog‘istonning 
oliy 
ijro 
organi 
sifatida 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Vazirlar Kengashi belgilangan va Vazirlar Kengashi Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan tuzilishi tartibi o‘rnatilgan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud hokimiyati tizimida Konstitutsiyaviy 
sud bo‘lishi nazarda tutilmagan va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi 
Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tashkil qilingan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Prokurori va uning o‘rinbosarlari 
0 ‘zbekiston Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i 
Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va vazifasidan ozod qilinishi tartibi 
o‘rnatilgan.
Bulardan tashqari, Oliy Majlis Senati Raisining bitta o‘rinbosari, albatta, 
Qoraqalpog‘iston vakili bo‘lishi kerakligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
M ahkam asi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi 
lavozimi bo‘yicha kirishi Qoraqalpog‘iston huquqiy maqomini ko‘rsatuvchi 
holatdir. Bular orqali Qoraqalpog‘iston 0 ‘zbekiston hayotida ishtirok etadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin