2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida jamoatchilik boshqaruvi
tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, unda OAV hamda
jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoyalashni kuchaytirish
vazifasi belgilab
qo‘yildi. Shuningdek, bu muhim hujjatda OAVga belgilangan vazifalarni
bajarishda katta m as’uliyat yuklandi.
Shuningdek, nodavlat OAVni rivojlantirish, Internet tarm o g ‘ini
kuchaytirish
hozirgi kunning dolzarb masalasi ekanligi davlat e’tiborida bo‘lmoqda.
Prezident Sh. Mirziyoyevning
«Ommaviy axborot vositalari ah olin in g
talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yetkazishning muhim
ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va ham dardiga,
dem okratiya ko'zgusiga aylanishi zarur»1,
- degan so‘zlari OAV roli •
haqida tasav v ur hosil qiladi.
2-§. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi
va qonunga muvofiq ishlashi
Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi,
ularga tazyiq
o‘tkazmaslik ular ishining muvaffaqiyatli bo‘lishi, sam ara berishining garovidir.
Konstitutsiyaning 67-moddasida ommaviy axborot vositalari erkinligi va
qonunga muvofiq ishlashi belgilangan. Demak, ommaviy axborot vositalari
erkin ishlashi va qonunlar asosida o‘z faoliyatini tashkil qilishi kerak.
M amlakatim izda ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish
bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida ularning erkinligini ta ’minlovchi
qator
huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, 1996-yil 30-avgustdagi «Noshirlik faoliyati to‘g ‘risida», «Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar to‘g ‘risida», 1997-yil aprelda qabul qilingan «Axborot
olish kafolatlari va erkinligi to‘g ‘risida», «Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish
to‘g ‘risida», 1997-yil dekabrda qabul qilingan, «Ommaviy axborot vositalari
to‘g ‘risida»gi qonunlar shular jumlasidan.
Bu qonunlar ommaviy axborot vositalari erkinligini ta ’minlashga,
ularning
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Ommaviy axborot vositalarining erkinligi, eng avvalo, ularning xodimlari,
aniqrog‘i, jurnalistlarning erkinligiga bog‘liq. Jurnalist
faoliyatining erkinligisiz
ommaviy axborot vositalarining erkinligi bo‘lishi mumkin emas. Chunki axborot
ommaviy axborot vositalarida jurnalistlar tomonidan tarqatiladi.
«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g ‘risida»gi Qonun jurnalistlar
faoliyati bilan bog'liq keng institutsional munosabatlarni tartibga solishi bilan
birga, ularning erkinligini ta ’minlovchi qoidalarni aniq belgilab qo‘ygan.
Dostları ilə paylaş: