Bunda har bir ota-ona o‘z moddiy
imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli
sharoitlarni yaratadi.
Ota-onaning muhim va mashaqqatli majburiyati bolani tarbiyalashdir.
M aktabgacha bola to‘la ota-ona ixtiyorida bo‘ladi. Ayrim bolalar maktabgacha
tarbiya muassasalarida bo‘lishi ham mumkin. Bola maktabgacha ota-ona
ixtiyorida bo‘lganda, bolaning tarbiyasiga faqat ota-ona javobgar. Shu davrdan
boshlab bolada atrofdagi va oiladagi hodisa, voqealarga
munosabat shakllana
boshlaydi. Shuning uchun bola ongida faqat ijobiy qarashlar shakllanishi uchun
ota-ona katta ishlar olib borishi, barcha yaxshi ishlar, odatlar, xislatlar, voqealar
haqida
bolaga tushunchalar berishi, televizordagi bolalar uchun ko‘rsatuvlarga
ularni jalb qilishi juda ham muhim. Bola tarbiyasida ularni tabiatga, o‘simlik va
hayvonlarga yaxshi munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash alohida rol o‘ynaydi.
Tarbiya natijasida o‘simlik va hayvonot dunyosiga do‘stlik ruhini vujudga keltirish
zarur. Bola tarbiyasi natijasida ularning bir-biriga, kattalarga hurmati, mahalla,
Vatanga hurmatining boshlang‘ich asoslari vujudga keladi.
Bola tarbiyasida,
eng muhimi, nafaqat tushuntirish, o‘rgatish, balki shaxsiy
o‘rnak ko‘rsatishdir. Bola uchun ota-onaning yurish-turishidan o‘rnak olish,
ularga taqlid hissi juda kuchli. Ana shu narsadan to‘g ‘ri foydalanish zarur.
Bolani boqish va voyaga yetkazish majburiyatida bolalarni o‘qitish, o‘qishi
uchun zaru r sharoitlarni yaratish, bolaning qobiliyatiga qarab bilim berishni
amalga oshirish, o‘quv dargohidagi ishlarini kuzatib turish muhim hisoblanadi.
Oila buzilib, ota-ona ajrashgan holda ham
ota-ona majburiyati bekor
bo‘lmaydi. Bola kim bilan qolishidan qat’iy nazar ikkala tomon ham bola uchun
g ‘am xo‘rlik qilishi shart. Bu ixtiyoriylik asosida bo‘lmasa, majburiy tarzda
aliment undirish bilan amalga oshiriladi.
Bola voyaga yetguniga qadar barcha ehtiyojlarini imkoniyat darajasida
qondirgan ota-onalar majburiyatni ado etgan hisoblanadi. Otalik, onalik
majburiyatlarini bajarmaganlar qonun asosida ota-onalik huquqidan mahrum
qilinadi.
Voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda 2020-yil 25-fevraldagi
«Bola huquqlari kafolatlari to‘g ‘risida»gi Qonun muhim ahamiyatga ega.
Keyingi paytlarda mamlakatimizga turli diniy
oqimlarning kirib kelishi
va ularning hurujlari, narkomaniya kasofatining paydo bo‘lishi ulardan
farzandlarimizni saqlash choralarini kengroq ko‘rishni taqozo etmoqda. Bu esa,
yana tarbiyaga e’tiborni kuchaytirish, barcha kuchni unga sarflashni, bu ishda
maktab, mahalla hamkorligini o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: