Davlatimiz boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam
berishni o‘z vazifasi hisoblaydi va buning amaliy choralarini ko‘radi. Bunday
oilalarga farzand ko‘rish va tarbiyalash uchun onalarga beriladigan m ablag‘lar
yildan-yilga ko‘payib borishi buning misolidir. Oilalarga
tu rar joy qurish uchun
yer uchastkalarining ajratilishi, qo‘shimcha manba bo‘lishi uchun tomorqalar
bilan ta ’minlanishi doimiy tadbirlar qatoriga kiritilgan.
1998-yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi har
bir oilani davlat tomonidan
himoya qilish choralarini kuchaytirib, oilalarning mustahkamlanishida katta
sam ara berdi. «Oila yili» munosabati bilan belgilangan
tadbirlar natijasida davlat
oilalarga juda katta moddiy yordam ko‘rsatdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilalarga, ayniqsa, serfarzand, kam ta ’minlangan
oilalarga davlat tarafidan ko‘rsatilgan yordam tufayli oilalar qattiq zarbalarga
uchramadi va turm ushda o‘z vazifasini bajarishdan chetlanmadi.
2012-yil mamlakatimizda «M ustahkam oila yili» deb e’lon qilindi. Shu
munosabat bilan oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yanada kengaydi.
Oilani himoya qilish mexanizmi kuchaydi1.
«M ustahkam
oila yili»
munosabati
bilan davlat idoralari,
nodavlat
tashkilotlari, xayriya ja m g ‘armalari birgalikda ishlab chiqqan dasturda oilani
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish ko‘zda tutildi.
M am lakatim izda
oilaga
aloxida
munosabat,
xalqimiz
qadriyatidan,
m a’naviyati va madaniyatidan kelib chiqadi. Chunki jamiyat,
millat rivoji, ravnaqi
ko‘p jihatdan oilaga bog‘liq. S huning uchun oilani mustahkamlash,
uni himoya
qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Amalga oshirilayotgan tadbirlar
ham buni guvohidir.
0 ‘zbekiston
Prezidentining
«Jamiyatda
ijtimoiy-ma’naviy
muhitni
so g ‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va
xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib
chiqish chora-tadbirlari
to‘g ‘risida» 2020-yil 18-fevraldagi farmoni oilani davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash hamda muhofaza qilishda muhim qadam bo‘ldi.
Bu farmon asosida birinchidan, maxsus davlat organi orqali oilani qo‘llab-
quvvatlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilsa, ikkinchidan,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy
vazifalari sifatida oila
bilan ishlash belgilab qo‘yildi. Chunki mahalladagi Fuqarolar yig‘ini oilaga eng
yaqin tuzilmadir. Farmon asosida tashkil qilingan Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi oilani qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida yagona
davlat siyosatini ishlab
chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv
organi qilib belgilandi. Shuningdek farmonga asosan mahallada fuqarolar yig‘ini
raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari
lavozimi kiritildi.
Dostları ilə paylaş: