XVI bob. OILANING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
l-§. Oila - jam iyatning asosiy bo4g 4ini
Oila jam iyatning quyi asosiy bo‘g ‘inidir.
U - insonning hayotga kelishi,
tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash
joyi. Oila to‘liq bo‘lishi uchun ota-ona va farzandlar bo‘lishi shart. U larning
birortasisiz ham oila bo‘lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik
bo‘ladi. Har bir oila m a’lum xonadonga mos bo‘ladi.
Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining
birgalikda hayot
kechirishi va farzand ko‘rish hisoblanadi.
Oila o‘z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun
hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar
tabiiy, iqtisodiy, m a’naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi.
Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog‘liq.
Chunki
jamiyatda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga
keladi va shakllanadi. Oiladagi k attalarning bir-biri, boshqalar bilan atrof muhit,
mol-mulkka bo‘lgan munosabati yoshlarning shu masalalarga munosabatining
shakllanishi uchun o‘rnak bo‘ladi. Oiladagi tarbiyaning
boshqa tarbiyalardan
farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o‘rgatish, o‘qitish, ta ’kidlash bilangina
emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarning kichik yoshdagilar uchun o‘rnak
ko‘rsatishi orqali olib boriladi.
Nima mumkin va nima mum kin emasligi, mehnatga, mol-mulkka munosabat,
ovqatlanish,
dam olish, kattalarga muomala, hurmat, kichiklarga g ‘am xo‘rlik
qilishning dastlabki sabog‘i oilada olinadi. Bola boshqa m uassasalarga tarbiya,
bilim olish uchun berilgunga qadar hayot alifbosi haqidagi m a’lumotni oiladan
oladi.
Oiladagi
tarbiya kishilarning axlqqiga, xulqiga o‘chmas qoidalarni singdiradi.
Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o‘rnini bosa olmaydi.
Chunki u yerdagi tarbiyaga sut, qon singari muqaddas ashyolar ta ’sir qiladi.
Shularning barchasi e’tiborga olinib, bizning xalqimizga xos oiladagi ijobiy
jihatlarni mustahkam lash va rivojlantirishni ta ’minlash uchun Konstitutsiyamizda
oila uchun maxsus XIV bob ajratildi. Bunday holatni - oilaga maxsus bob
ajratilishini boshqa m amlakatlar Konstitutsiyasida uchratmaymiz.
U yerlarda
oilaga ham davlat va jamiyatning munosabati o‘zgacha. Bizda oila jamiyatning
ajralmas qismi va mavjud bo‘lishi shart masala deb qaraladi va albatta, unda
ikki jinsning, erkak va ayolning birlashuvi bo‘lishi,
bu birlashuv orqali dunyoga
yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi.
Ana shulardan
kelib chiqib,
Konstitutsiyaning 63-moddasida:
«Oila
jamiyatning asosiy bo‘g ‘inidir...», - degan qoida o‘z aksini topgan. Konstitutsiyada
oilaning jamiyat bo‘g ‘ini sifatida e’tirof etilishi oilasiz jamiyat kemtik bo'lishini,
rivojlanish xavf ostida qolishini ko‘rsatadi.
178
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Birinchi
Prezidenti
2011-yil
dekabr oyida
Konstitutsiya
kuniga
bag‘ishlangan
yig‘ilishdagi
ma’ruzasida
2012-yilni
«M ustahkam oila yili» deb e’lon
qilar ekan, oila haqida shunday so‘zlarni aytgan:
Dostları ilə paylaş: