- faoliyati jamiyatning axloqiy negizlari, umum e’tirof etilgan insonparvarlik
qadriyatini buzishga;
- urush, zo‘ravonlikni shafqatsizlikni ta rg ‘ib qilishga;
- jamiyatning bo‘linishi, parchalanishiga olib keluvchi sinfiy, irqiy, milliy
va diniy adovat chiqarishga qaratilgan bo‘lsa;
- hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar
faoliyatiga aralashishni, tazyiq
o‘tkazishni ko‘zlasa.
Bundan tashqari, jamoat birlashmalari faoliyatida dinni siyosatlashtirishga,
qurolli tuzilmalar tuzishga harakat bo‘lgan taqdirda ham ular tugatiladi.
Siyosiy partiyalar jamiyat hayotida katta ta’sirga ega kuch, shuning uchun
siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni ko‘zlovchi ommaviy harakatlarga alohida
talablar qo‘yiladi.
Agar ular chet davlatlardan, tashkilotlardan, ularning yuridik
shaxslaridan, chet el vakolatxonalaridan, chet el fuqarolari va boshqa noma’lum
shaxslardan moliyaviy va boshqacha yordamlar olgudek bo‘lsa, sud qaroriga
asosan tugatiladi.
Shunday qilib, jamoat birlashmalari jamiyat tuzilishida, ijtimoiy-siyosiy
hayotda muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati
orqali fuqarolar manfaati, huquq
va erkinliklari amalga oshadi. Ular fuqaro huquqi, erkinligi, manfaatining
samarali, ishonchli himoyachisidir.
Jam oat birlashmalari qonun asosida ish ko‘rib, ustavlariga to‘la amal qilib
faoliyat koYsatganda jamiyat uchun foyda beradi. Ular davlat tomonidan har
tomonlama va turli usullar bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Shu bilan birga, ularning
faoliyatiga aralashmagan holda, davlat qonun doirasida nazorat olib boradi.
Har qanday jamiyat rivojiga zid faoliyat ko‘rsatuvchi jamoat birlashmalari
qonun-qoidalar asosida tugatiladi.
Dostları ilə paylaş: