Hozirgi davrda partiyalar orasida raqobatni ta’minlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu to‘g ‘ridan to‘g ‘ri parlament rolini
kuchaytirish vositasi ekanligi,
prezident tomonidan e’tirof etildi1.
3-§. K onstitutsiyaviy tuzum ga qarshi faoliyat yurituvchi
birlashm alar tu zish n in g taqiqlanishi
Konstitutsiya faqat huquq va erkinliklarni mustahkamlab qolmasdan, unda
taqiqlar, cheklashlar ham nazarda tutiladi. 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasi ham
shunday xususiyatlarga ega.
Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan taqiqlar jamiyat, fuqarolar, davlat manfaatidan,
ularni turli tazyiqlardan himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
Jamiyat, fuqaro, davlat manfaatini himoya qilish, eng avvalo, Konstitutsiyaviy
tuzum ni himoya qilish orqali amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy tu z u m n in g
barqarorligi, ko‘p
jihatdan, jamoat birlashmalarining faoliyatiga bog‘liq.
Shuning uchun, Konstitutsiyaviy tuzum ga, davlatga, jamiyatga,
fuqarolar
manfaatiga qarshi faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari tuzishga yo‘l
qo‘yilmaydi, mavjudlari shunday faoliyat bilan sh ug ‘ullansa, ularning faoliyati
to‘xtatiladi, tugatiladi. Bu masala 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
hal qilingan bo‘lib, uning 57-moddasida: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan
o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi,
respublikaning suvereniteti, yaxlitligi
va xavfsizligiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi
chiquvchi, urushni,
ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni ta r g ‘ib qiluvchi,
xalqning so g ‘lig‘i va m a’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat
birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushm alar tuzish taqiqlanadi», - deb belgilangan.
Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzumni o‘rnatish bilan shu qonuniy tuzum ni
himoya qilish choralarini ham ko‘radi. Shu maqsadda konstitutsiyaviy tu z u m n in g
asoslariga zarar yetkazish uchun qilingan har qanday harakat taqiqlanadi.
Konstitutsiyaviy tu z u m n in g asoslaridan bo‘lgan:
-
davlat suvereniteti, konstitutsiya bilan o‘rnatilgan davlat boshqaruvi
shakliga;
- inson, uning qadr-qimmati, sha’ni va boshqa huquqlarining oliy qadriyat
ekanligiga;
-
millatlarning tengligi, xalq hokimiyatining turli shakllariga;
- mam lakatning iqtisodiy negiziga;
- konstitutsiya va qonunlarning ustunligiga qarshi, ularga xavf t u g ‘diradigan
har qanday uyushma, jamiyatlarni tuzishni taqiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: