Q onunning 3-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyaiarining
Qonunchilik
palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini saylashdagi roli (nomzod ko‘rsatishi, har bir
fraksiya o‘z vakiliga ega bo‘lishi) belgilangan.
Q onunning 4-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyaiarining Bosh vazirni
lavozimiga tayinlashdagi ishtiroki mustahkamlangan1.
Bu tartib keyinchalik
o‘zgardi.
Q onunning 5-moddasida Bosh vazirni muddatidan avval lavozimidan ozod
qilishdagi partiya fraksiyalari ishtiroki belgilandi.
Unga asosan, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarini
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib
chiqishi uchun taqdim etgan
tashabbusiga binoan, agar bunday tashabbusni palatadagi yetakchi partiya
fraksiyasi qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Prezident tomonidan
Oliy Majis palatalariga ovozga qo‘yilganda deputatlar
va senatorlar umumiy
sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, Prezident Bosh vazirni
lavozimidan ozod etish to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
Qonunning 6-moddasida viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga
nomzod tegishli Kengashga tasdiqlash uchun Prezident
tomonidan Kengashdagi
siyosiy partiya guruhlari bilan maslahatlashib, taqdim qilish tartibi belgilandi.
Q onunning 7-moddasiga ko‘ra, viloyat va Toshkent shahar Kengashlari
deputatlari guruhlari hokimning qoniqarsiz faoliyati ustidan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga asoslantirilgan xulosalar
taqdim etish huquqiga
ega bo‘ladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhi tomonidan qo‘llab-
quvvatlansa, Prezident bu tashabbusni xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga
kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Prezident konsepsiyasidagi qonunchilik tashabbusiga binoan Konstitutsiyaga
o‘zgartirish kiritildi. « 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim
moddalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g ‘risida (7 8 ,8 0 ,9 3 ,9 6 va 98-moddalarida)»gi
qonunga asosan (2011-yil
18-aprelda Prezident tomonidan imzolangan),
Konstitutsiyaning 98-moddasi yangicha tahrirda bayon qilindi. Unga asosan,
Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p
deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik
o‘rinlarini qo‘lga kiritgan siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
Amaldagi Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik
votumi bildirilib, u iste’foga
chiqqanda yangi Bosh vazir nomzodi Prezident tomonidan Qonunchilik
palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar
o‘tkazilgandan so‘ng Oliy Majlisga ko‘rib chiqish
va tasdiqlash uchun taqdim
etiladi.
Bunday tartiblarning o‘rnatilishi siyosiy partiyalarning rolini oshirib, ularning
hokimiyatni amalga oshirishdagi ishtirokini kengaytirdi.
Dostları ilə paylaş: