O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Siyosiy partiyalarning hokim iyatni amalga



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

2-§. Siyosiy partiyalarning hokim iyatni amalga
oshirishdagi ishtiroki
Siyosiy 
partiyalar, 
Konstitutsiyaning 
56-moddasiga 
binoan, 
jamoat 
birlashmalari tizimiga kiruvchi jamoat birlashmalaridan biridir.
Konstitutsiyaning 60-moddasida siyosiy partiyalarning maqomi konstitutsiyaviy 
asosda mustahkamlab qo‘yilgan. Unga asosan: «Siyosiy partiyalar turli tabaqa va 
guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan 
saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy 
partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga 
yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar». 
Bu moddaning mazmunidan kelib chiqsak, siyosiy partiyalar:
- mamlakatdagi turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi 
(demak, bu siyosiy tashkilot);
- demokratik saylovlarda ishtirok etadi;
- demokratik saylov natijasida turli organlarga (Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasi, mahalliy kengashlar) saylangan vakillari orqali davlat hokimiyatini 
tuzishda (hukumatni), amalga oshirishda ishtirok etadi.
1 «Yangi 0 ‘zbekiston», 2020-yil 25-yanvar.
167


Siyosiy partiyalar davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etar ekan, o‘z-o‘zidan 
ularning shu organlar faoliyatida ishtirok etishi, ularning faoliyatini nazorat 
qilishda ishtirok etishini vujudga keltiradi.
Siyosiy partiya mamlakatdagi kuchli tuzilmalardan bo‘lib, jamiyat taraq- 
qiyotiga ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, ularning faoliyatini moliyalashtirish 
ochiq, ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Siyosiy partiyalar faoliyatidan m am lakat 
dushmanlari foydalanishi, ularni noto‘g ‘ri yo‘lga boshlashi mumkin. Bu, asosan, 
siyosiy partiyalarning faoliyatini moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi. Shu­
ning uchun, Konstitutsiyada siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish ahvoli, 
yollari haqida Oliy Majlisga hisob berib turish belgilangan.
Konstitutsiya normalaridan tashqari, siyosiy partiyalar faoliyati haqida bir 
nechta joriy qonunlar mavjud. Jumladan, «Siyosiy partiyalar to‘g ‘risida», «Siyosiy 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin