XV bob. JAMOAT BIRLASHMALARI
l-§. Jamoat birlashm alarining tizim i, turlari, vazifasi
0 ‘zbekistonda jamoat birlashmalari tizimiga kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari,
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari
kiradi, bu Konstitutsiyaning 56-moddasida belgilangan. Jamoat birlashmalari
faoliyat ko‘rsatishining asosiy sharti ular qonunda belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerakligidir. Ularni ro‘yxatdan o‘tkazish Adliya
vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Jam oat birlashmalari eng muhim demokratik institutlardan hisoblanib, ular
fikrlar va g ‘oyalar xilma-xilligini amalda ta’minlovchi muhim vositadir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 56-moddasidan tashqari yana
bir nechta moddada jamoat birlashmalarining xilma-xilligi, ko‘p partiyaviylik
tizimining mavjudligi jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri, bu esa,
fuqarolar faolligining garovi ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 34-moddasida fuqarolarning jamoat birlashmalariga a’zo
bo‘lishi huquqi belgilangan bo‘lib, shu moddaning ikkinchi bandida siyosiy
Dostları ilə paylaş: