2018-yilda davlat dasturi doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard dollarga
teng 76 mingta loyiha amalga oshirilganligi1 tadbirkorlikni rivojlantirishdagi
katta ko‘rsatkichdir.
Prezidentning:
«Yana bir bor alohida ta’kidlab aytmoqchiman:
tadbirkor yo‘liga to4siq boMishni davlat siyosatiga xiyonat deb qabul
qilish kerak»2,
- degan so‘zlari tadbirkorlikning jamiyatimiz hayotidagi o‘rnini
yaqqol ko‘rsatadi.
Amaldagi Konstitutsiyamiz avvalgi amal qilgan konstitutsiyalardan farq qilib,
mehnat qilish erkinligini, shuningdek, iqtisodiy faoliyat yuritish, tadbirkorlik
bilan shu g ‘ullanish erkinligini belgilangan ekan, shuni amalga oshirish uchun
tinimsiz mehnat qilish, puxta tadbirlar o‘tkazish lozim.
5-§. Iste’molchilar huquqlarining ustunligi
Bozor
munosabatlariga
asoslangan
iqtisodiyotda
iqtisodiy
faoliyat,
tadbirkorlik, mehnat qilish erkinligi davlat tomonidan ta ’minlanadi va mulkning
barcha shakllari bir xilda muhofaza qilinar ekan, bunda iste’molchining
huquqlari ustunligi inobatga olinadi, bu qoida konstitutsiyaviy qoida sifatida
Konstitutsiyamizning 53-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Sababi, iste’molchi bu, eng avvalo, insonlardir. Demokratik jamiyatda barcha
masalada inson manfaati ustuvorligi ta ’minlanadi. Bu prinsip konstitutsiyaviy
tuzum asoslaridan biri sifatida ham e’tirof etiladi. Konstitutsiyamizning
13-moddasiga binoan, mamlakatimizda inson va uning huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi. Ana shu prinsipning amaliy ifodasi iste’molchining huquqlari ustuvor
bo‘lishini taqozo etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti « 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda»
asarida mamlakatimizda shu davrlarda bu masalada jiddiy kamchiliklar borligini,
bu holatlar ishlab chiqarishga, iste’molchiga, odamlarning manfaatlariga
zarar yetkazayotganligini, tabiiy monopoliyalar to‘g ‘risida qonun qabul qilish,
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatgan edi3.
Shundan so‘ng iste’molchi huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik
takomillashtirildi, kuchaytirildi, iste’molchi huquqlarini himoya qiluvchi organlar
tizimi takomillashdi, bu borada jamoatchilik nazorati kuchaytirildi. Iste’molchiga
o‘z huquqlaridan foydalanish, huquq buzilishlari sodir etilsa, uni tiklash uchun
zarur bilimlarni berish maqsadida huquqiy ta rg ‘ibot ishlari olib borildi. Jahon
Dostları ilə paylaş: