faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona
foydalanish zaru r va
u davlat tomonidan muhofaza qilinadi», - deb belgilangan. Shu moddaning
o‘zida yer to‘g ‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi yerdan foydalanishni,
yerlarni muhofaza qilishni belgilash ekanligi ko‘rsatilgan.
Q onunning XI bobi yerni muhofaza qilishga bag‘ishlangan bo‘lsa, 90-moddasi,
yer to‘g ‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishini
m ustahkam lagan.
Umummilliy boylik hisoblanuvchi boshqa obyektlar to‘g ‘risida
ham
m axsus qonunlar mavjud.
Bundan tashqari, umummilliy boyliklardan noto‘g ‘ri
foydalanish, ularga zarar yetkazganlik uchun m a’muriy, jinoiy javobgarliklar
belgilangan. 0 ‘zbekiston Respublikasining M a ’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi
kodeksida «Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish» (60-modda), «Yerlardan
xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish» (65-modda), «Yer
berish tartibini buzish» (66-modda), «Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish talablarini buzish» (70-modda), «Suv zaxiralarini muhofaza
qilish qoidalarini buzish» (72-modda), «Suvdan foydalanish va suv iste’moli
qoidalarini buzish» (74-modda), « 0 ‘rmon fondi yerlaridan
foydalanish qoidalarini
buzish» (77-modda), «Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish» (81-modda),
« 0 ‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborish» (83-modda), «Ifloslantiruvchi
moddalar va biologik organizmlarning atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga
zararli fizikaviy ta ’sir ko‘rsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni
buzgan holda foydalanish» (86-modda) uchun va 90, 92, 93, 94-moddalarda
hayvonot dunyosiga zarar keltirganlik uchun m a’muriy jazolar belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining M ax sus qismi 4-bo‘limi
«Ekologiya sohasidagi jinoyatlar», 14-bobi «Atrof muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar»
deb nomlanib, undagi moddalarda
umummilliy
boyliklardan
foydalanish
tartibini
buzganlik,
ularga
zarar
yetkazganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Dostları ilə paylaş: