O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

q o‘y ilg a n .
Kodeksning 209-moddasida: «Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan 
tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin», deb belgilangan.
Mulk huquqi qonunga binoan mehnat faoliyati, tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik 
faoliyati, mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish, davlat 
mol-mulkini xususiylashtirish, meros olish va boshqa qonuniy asoslarda vujudga 
keladi (FK, 178-modda).
Qonuniy yo‘l bilan vujudga kelgan xususiy mulk daxlsiz va u davlat 
tomonidan himoya qilinadi.
Konstitutsiyaning 53-moddasiga asosan, mulkdor (ya’ni, xususiy mulk 
egasi) mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina m ahrum qilinishi 
mumkin.
Fuqarolik kodeksining 199-moddasida mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yish 
asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga asosan, mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yishga 
qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari 
bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek, 
natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi.
162


Qarzni undirish tartibi; qimmatbaho metallar va toshlarga mulk huquqining 
vujudga kelishi hamda bekor bo‘lish xususiyatlari; natsionalizatsiya, rekvizitsiya, 
musodara qilish va boshqa holatlar natijasida mulkni olib qo‘yish Fuqarolik 
kodeksining «Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor bo‘lishi» deb 
nomlangan 15-bobi qoidalari bilan tartibga solingan.
0 ‘zbekiston Respublikasi M a’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi kodeksining
23-moddasida ma’muriy jazo turlari qatorida ma’muriy huquqbuzarlikni sodir 
etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini 
to‘lash sharti bilan olib qo‘yish va ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli 
hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish 
ko‘rsatilgan. Kodeksning 26-27-moddalari shu masalalarni tartibga soladi. 
M usodara sud organlari, bojxona va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, 
jazolarni liberallashtirish natijasida 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat 
kodeksida belgilangan jinoiy jazolar qatoridan mol-mulkni musodara qilish jazosi 
chiqarib tashlandi. Bu jazo sotsialistik tuzumga xos bo‘lib, qo‘shimcha jazo 
sifatida belgilanar edi. Uning natijasida jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zigina 
emas, oila a’zolari ham iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolar edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan mulkiy 
masalalardagi har qanday jazoni ma’muriy tartibdan sud orqali qo‘llashga o‘tish 
haqidagi taklif xususiy mulk huquqini yanada to‘laroq himoya qilishga olib keldi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin